Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari


Download 98.38 Kb.
bet12/13
Sana14.10.2023
Hajmi98.38 Kb.
#1702574
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-мавзу (1)

Monax, rohib (yun.-yolg’iz) - maxsus diniy jamoa a’zosi. Cherkov aqidalariga ko’ra, bunday jamoaga mansub bo’lish xudo yo’liga xizmat qilishning oliy usulidir. Monaxlikni qabul qiluvchi kishi soch qirqtirish marosimini bajaradi, ya’ni bu «gunohkor dunyodan» butunlay voz kechadi va butunlay cherkovga bo’sunadi. Buddizmda faqat erkaklar monax bo’la oladilar.

  • Monaxlik biror ta’magirlik qilmasdan, zohidlik bilan, uylanmasdan (erga tegmasdan) yashash niyatini qabul qilgan kishi.

  • Papalik salkam 1500 yil mavjud bo’lgan qadimgi diniy markazlardan birib bo’lib, dastlabki vaqtlarda papalik yer-mulklar, ya’ni papa oblastiga xo’jayinlik ham qilar edi. Papalik Rim yepiskopligi negizida yuzaga keladi. Imperiya poytaxtini 330-yilda Konstantinopolga ko’chirilishi va so’nggi Rim imperatorining 476 yilda qulashi bilan Rimning dunyoviy-siyosiy hokimiyati yepiskop qo’liga o’tadi va uning cherkovga hukmronlik qilishiga asos solingan. Xuddi shu vaqtda Rim papasi unvonini oladi. 756 yilda franklar qiroli (Fransiya) Pakana Pipin papaga yer hadya qiladi. (Papa oblasti), bu papaning dunyoviy hokimiyatini yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. F.Engels aytishicha, o’rta asrda papa feodal sistemaning baynalminal markaziga aylandi. Napoleon esa papaning butun Yevropada mavqyeini tushurib yuboradi. Papa Ioann XXIII cherkovning papalik obro’yini ko’tara boshladi. Papa Pavel VI (1963-1978 yillar) so’ngra papa Ioann Pavel II (1978 yilda saylangan edi. Hozir ham u papa) papalik mavqyeini oshira bordilar.

  • Papa fanlar Akademiyasi o’z faoliyatini 1603 yilda boshlagan va bir necha marta qayta tashkil etilgan bo’lib, hozirgi shaklida 1936 yildan buyon mavjud. Bu Akademiyaning 70 nafar haqiqiy, faxriy a’zolari mavjud. Akademiya yig’ilishlariga har qanday mamlakatlardagi tabiiy va texnika fanlari bilan shug’ullanadigan olimlardan papa taklif qilingan kishilar qatnashdilar. Byulleten nashr qiladi.

  • Pastor (lot.-qavmga rahbarlik qiluvchi, cho’pon- ruhoniylik unvonini berish marosimini (svyashenstvo) inkor etuvchi protestant oqimlaridagi cherkov xizmatchi.

  • Pasxa (qadimgi yahudiycha pesax - o’tib turadigan)-injillarda yozilishicha krestga tortilgan Isoning «mo’jizaviy tirilishi» xotirasiga bag’ishlangan xristianlarning asosiy bayrami. Dastlab pasxa qadimiy yahudiylarning chorvador va dehqonlari bayrami bo’lgan. Faqat 325 yilda xristian cherkovi jahon (Nikeya) soborining qarori bilan xristianlar pasxasi alohida, bahorning kecha-kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanbasida o’tkaziladigan bo’lgan.

  • Patriarx (yun.-ota, asos soluvchi) - pravoslaviyeda oliy diniy martaba bir qancha mamlakatlardagi pravoslav cherkovining boshlig’i. Katolisizmda patriarx martabasi ayrim iyerarxiyalarning boshliqlariga beriladi.

  • Pop (svyashennik, rasmiy cherkov tilida iyerey, prosviter) pravoslaviyeda diniy marosimni ijro qiluvchi, ibodatni mustaqil olib borishga ruxsat etilgan o’rta darajadagi ruhoniy. Pop barcha sirli marosimlarni (ruhoniylik unvoni berish marosimidan tashqari) amalga oshiradi.

  • Popchilik (Popovshina) - straoobryadchilikdagi asosiy yo’nalishlardan biri. U ruhoniylik unvonini berish marosimini tainstva (sirli marosimlar) va trebo (qavmlar) iltimosiga ko’ra butxonada o’tkaziladigan ibodat marosimini bajaruvchi sektalar va guruhlarning birlashishi.

  • Postlar (ro’zalar) - umuman ovqatni oyoq yoki uning biror turini iste’mol etishni ta’qiqlovchi, cheklovchi diniy ta’qiqlar. Ilohiyotchilar fikricha ro’zalar inson ruhini amaliy poklash va yangilash uchun xizmat qiladi. Masalan, Xristovoverlarda piyoz, kartoshka, sarimsoq piyoz solish ta’qiqlangan.



    Download 98.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling