Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari
Download 98.38 Kb.
|
5-мавзу (1)
Ilk xristianlik firqasi
Ilk xristianlik firqasi 1-2 asrlarda xristian diniy ta’limoti shakllanishi davrida vujudga kelgan sektalardir. Xristianlik hyech qachon yaxlit din bo’lmagan. Xristianlikning eng ilk asari«Ioann vahiynomasi»da xristianlarning turli guruhlari (Nikolantlar) Vaalam tarafdorlari, ayol payg’ambar Iyezavela tarafdorlari) eslatib o’tilgan. Ebionitlar sektasi (kambag’allar) yahudiylar marosimla-rini bajarishni tark qilmagan dastlabki xristianlar bo’lib, ular tamomila tarki dunyo qilishga da’vat etganlar. Isoning ikkinchi marta qaytib kelishini kutganlar, boylikka qarshi chiqqanlar. Isoni taqvodor odam sifatida ulug’laganlar, uni cho’qinish vaqtida osmondan ilohiy ruh tushgan, deb hisoblaganlar. II asrning ikkinchi yarmida montanchilar sektasi paydo bo’lgan. Ular taqdirni oldindan aytib berish bilan shug’ullanganlar, zohidlikni targ’ib qilganlar, yepiskoplar hokimiyatini tan olmaganlar. Imyaslavichilar firqasi Imyaslavichilar firqasi (rus. imya-ism, slavit-sharaf-lamoq) 1910-1912- yillarda Afon (Gresiya) dagi rus pravoslav monastirlarida vujudga kelgan sektalik oqimi tarafdor-laridir. Ismni sharaflovchilar sektasi ta’limotiga ko’ra, inson o’zining gunohkorligi tufayli ibodat paytida xudoni emas, uning ismini sharaflashi lozim. Rus Pravoslav cherkovi bu sektani bad’at, deb e’lon qilgan. Uning targ’ibotchilari cherkovdan chetlashtirilgan va Rossiyaning turli monastir-lariga surgun qilingan. Keyinchalik imyaslavichlar monastirlarni tark etib yashirin ovloq qishloqlarda skit jamoalarini vujudga keltirdilar. Ular Rus va Moskva patriarxlariga qarshi chiqib, Sovet hokimiyatiga qarshi kurashdilar. Hozir ular juda oz qolganlar. Indamaslar firqasi Indamas dindorlar - haqiqiy pravoslav xristianlar sektasidagi o’ta mutaassib oqim tarafdorlaridir. 20-asr o’rtalarida Tambov viloyati territoriyasida paydo bo’lgan sekta asoschilari L.Kislyanov bilan N.Viryatinskaya hisoblanadi. Indamaslar tasavvurida, odam bu dunyo bilan to’la aloqani uzib «tirik murda» ga aylansagina najot topadi. Ular ishlashdan, atrofdagilardan ajralib, gaplashmasdan, yarim och holda yashaganlar. «Gunohga botgan odamlar»dan o’zlarini olib qochishga intilib, ko’chalarga faqat tunlari chiqishgan. Vaqtlarini ro’za tutish va ibodat qilish bilan o’tkazishgan. 1960 yillarga kelib bu oz sonli sekta tarqab ketdi. Staroobryadchilik firqasi Staroobryadchilik sektasi Rossiyadagi qadimiy sektalar-dan biri. Bu sekta XVII asr o’rtalarida pravoslaviye yo’nali-shida yuz bergan ajralish natijasida paydo bo’lgan. Patriarx Nikonning pravoslaviye marosimlari va cherkov kitoblariga uncha jiddiy bo’lmagan o’zgarishlar kiritish ajralishga sabab bo’lgan. Protopop Avvakum boshchiligidagi ruhoniylar Nikonga qarshi chiqqanlar. Lekin ikki barmoq bilan cho’qinish kerakmi yoki uch barmoq bilan cho’qinish kerakmi, degan masala ham, «Iisus» so’zida nechta «i» yozish kerakligi haqidagi masala ham o’z-o’zidan, ajralish boshlanishining asl sababi bo’lgan emas, albatta. Ajralish shuning uchun tez-tez yuz berganki, podsho Aleksey Mixaylovichning yangi qonunlarini joriy qilinishi boyarlari va savdogarlari o’rtasida norozilik tug’dirgan. Chunki ularning feodal imtiyozlari shu qonun bilan bekor qilingan edi. Krepostnoychilik zulmining kuchayishiga qarshi kurash olib boradigan dehqonlar ajralishining asosiy kuchini tashkil etgan edi. Chor hukumati va ruhoniylar nifoqchilarni qattiq ta’qib ostiga oldilar. Natijada, ular mamlakatning chekka o’lkalariga qochib ketishga majbur bo’ldilar. Sekta 1905 yilda staroobryadchilar deb atala boshlangan. Staroobryadchilar firqasi popchilar va popchi bo’lmaganlar degan ikki yo’nalishga bo’linadi. Popchilar XIX asr boshlarida paydo bo’lgan va sektaga kirmagan mustaqil cherkovlarda tashkil topgan. Popchilar yo’nalishi esa cherkov iyerarxiyasi va ibodatini inkor qiladilar va ular ham turli maslak va mazhablarga bo’linadi: 1) qochoq poplar taraf-dorlari (grek-sharq cherkovidan kelgan ruhoniylarnigina e’tirof etuvchi yo’nalish). Bu yo’nalishning markazi Samara shahrida bo’lib, unga staroobryadchi arxiyepiskop boshchilik qiladi; 2) Moskva va butun Russiya arxiyepiskopi boshchilik qiladigan va Moskvada joylashgan belokrinisk iyerarxiyasi. Straoobryadchilar hozir ham eski odat va an’analarni saqlab qolishga harakat qiladilar. Staroobryadchilar SSSR davrida amalga oshirilgan ishlarni yoqtirmas edilar. Bu sektadan yoshlar chiqib ketayotirlar. Natijada sekta tugab bormoqda. XLISTLAR FIRQASI XVIII asrda paydo bo’lgan xlistlar firqasi «xudojo’y kishilar» deb ataladi. Xlistlarda faqat mulkiy tafovutga ega bo’lmagan «yangi isroil» va «eski isroil» degan mustaqil yo’nalishlar mavjud. Xlistlarning diniy ta’limoti xristian-lik elementlari bilan majusiy dinlar e’tiqodlarining g’alati bir tarzda aralashishidan tarkib topgan. Ular, agar kishi o’zining butun hayotida savob ishlar qilgan bo’lsa, muqaddas ruh ana shu kishi tanasida paydo bo’lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Xlistlar bunday odamni «xrist» («Iso») deb ataydilar. Xlistlar butlarga emas, balki tanasiga muqaddas ruh singigan odamga sajda qiladilar. Xlistlar orasida sekta rahbarlarini ilohiylashtirish odati shu sababli keng yoyilgan. Xlistlarning ibodati (zikr qilishi) maxsus oq kiyimlarda o’tkaziladi. Bu ibodatlar sapchib sakrash, yer tepinish, jazavasi tutib fig’on qilish, ayuxannos ko’tarishlar-dan iborat bo’lib, dindorlarning jismoniy va ruhiy jihatdan batamom holdan toyishigacha davom etadi. «Soyalar choshgohda yo’qoladi» nomli romanda xlistlar sektasi ishi, «umumiy birodarlashuv» odati ko’rsatilgan. Xlistlar e’tiqodiga ko’ra, sekta a’zolarining ba’zilariga shunday holatda muqaddas ruh jo bo’ladi va ular «payg’ambarlik» qila boshlaydilar. Sekta rahbarligining oz payg’ambarliklari va targ’ibotlari xlistcha g’oyalarning asosiy manbaidir. Chunki xlistlar pravoslaviye diniy yozuvlariga shubha bilan qaraydilar. Xlistlar odam jismini gunohkor deb targ’ib qilib, qat’iy asketizmga chorlaydilar. Endigina nikohga kirgan dindorlardan xotinini taloq qilishni talab qiladilar. Xlistlar jamoalarida ahloqan buzuqlik qilish avj olgan. Xlistlar juda maxfiy vaziyatda ish olib boradi. Sektaga kirgan kishi o’lim vahimasi ostida hyech kimga, hatto o’z oila a’zolariga ham sekta to’g’risida xabar bermaslik haqida majburiyat oladi va qasam ichadi. Hozirgi vaqtda xlistlar deyarli yo’qolib ketgan. Xristianlikda yana ko’pdan-ko’p sektalar mavjudki, ular to’g’risida batafsil to’xtab o’tishga darslik hajmida imkon yo’q. Ular haqida lug’atlardan, oynomalardan va boshqa manbalardan mustaqil o’qib olish mumkin. Download 98.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling