Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari


Download 98.38 Kb.
bet6/13
Sana14.10.2023
Hajmi98.38 Kb.
#1702574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-мавзу (1)

Katoliklarning diniy marosimlari

Katoliklarning marosimlari juda tantanali o’tishi bilan ajralib turadi. Marosimlarning ko’pi cherkov va monastirlarda o’tadi, ularda musiqa asboblaridan organ chali-nadi, yakka ashulalar va xor munojotlar aytiladi. Bu dindorlar hissiyotiga ta’sir etib, ularda diniy zavq uyg’ota-di. Marosimlar:



  1. Momo Havoga (Yeva) va Bibi Maryamga sig’inish marosimi ayollar orasida keng tarqalgan bo’lib, bu marosimda «ayollar Momo Havo sizlarga doimo homiylik qiladi», degan g’oya mujassam bo’lgan.

  2. «Avliyolarga» sajda qilish, tabarruk narsalarga va mumiyolangan avliyolar jasadiga sig’inish marosimi ham mavjud, Masalan, G’arbiy Yevropa cherkovlari va monastirlarida dindor ko’rib sig’insin degan maqsadda go’yoki Isoning sochi, tirnoqlari, kiyimlari, qizil plashi, Momo Havoning suti, Iso mixlangan xoch qo’yilgan. Ularda yana avliyolar: Matfey, Luka, Pyotr, Yulianlarning jasadi namoyish qilinadi, dindorlar ularni taof qiladilar.

  3. Turli vaqtlarda butlarni yangilash, «yig’lovchi» butlar, o’zi yonadigan shamlar, mo’jizali davolash kabi mo’jizalar ko’rsatish ham keng tarqalgan.

  4. Xristianlikdagi asosiy marosimlar: tavba qilish, prichashcheniye, nikoh, cho’qintirish ham katoliklar tomonidan marosim va bayramlar deb amal qilinadi.

  5. Katolik cherkovlarida diniy xizmat paytida, avlodlar xotirasiga sham yoqish odati ham keng tarqalgan.

Rim papasi katolisizmi boshqa xristianlik yo’nalishlaridan qat’iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Katolik cherkovi tepasida Rim papasi turadi. Papa-lotincha ota degani bo’lib, papa barcha katoliklarning «ruhoniy otasi» hisoblanadi. Papa o’z siymosi, e’tiqodi bilan, ahloq-odobi, bilimdonligi, xudojo’yligi bilan barcha katoliklarga namuna hisoblanadi. U gunohdan xolis yerdagi xudoning vakili, bosh ruhoniy deb tushuniladi.
Papa kardinallar, ya’ni oliy darajadagi ruhoniy-larning vakillari kollegiyasi tomonidan umrbod muddatga saylanadi. Papalik mansabiga nomzod bo’lgan ruhoniy ovozlarning kamida 2/3 qismini va yana oshiqcha bir ovoz olishi kerak. Saylovdan o’tgan kishi o’zining ilgarigi ismidan voz kechadi va o’ziga yangi ism oladi.
Katolisizmning ko’p asrlik tarixi davomida papalik mansabiga 300 ga yaqin kishi saylangan. Ulardan 31 tasi papalik lavozimiga noloyiq, yaramas ishlar qilgan. Lekin papaning «gunohsiz»ligi haqidagi aqida 1870 yilda bo’lib o’tgan Vatikan cherkov sobori tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi papa 1978 yilda saylangan Korol Vaytilla - Oann Pavel 11 bo’lib, u 1920 yilda Polshannig Krakov shahrida tug’ilgan yirik ruhoniydir. U xristian ahloqiga oid 400 ga yaqin kitob yozgan. Ioann Pavel II davrida Rim papasining obro’si kuchaydi, yangi cherkovlar ochildi. Vatikan xazinasi boyidi, katolik cherkovlari turli xristian-demokratlar orqali siyosatda aktiv qatnashmoqdalar.
Vatikan Rim shahrida 44 gektar maydonga joylashgan papalik davlati bo’lib, uning davlatga xos o’z bayrog’i, gerbi, chegarasi, polisiyasi, oliy organlari mavjud. Papalikning oliy diniy tashkilotini Rim Quriyasi deyiladi. Quriya yig’ilishlarida barcha katolik cherkovlari bajaradigan qarorlar qabul qilinadi. Vatikanda Rim papasi akademiyasi mavjud bo’lib, unda din va fan, ahloq va ijtimoiyot, ekologiya va inson huquqlariga oid bo’lgan masalalar bilan shug’ullanadigan olimlar ishlaydilar. Rim papasi XIII asrda yashagan italiyalik ruhoniy, faylasuf Foma Akvinskiyning «muqaddas ruh zarralari barcha moddiy narsalarda yashirin ravishda mavjud, fanning vazifasi ularni ochib faktlar to’plash, faktlardan umumiy xulosalar, nazariy umumlashgan tushunchalar chiqarish esa dinning vazifasi, dinga fan xizmat qilishi lozim, ular ittifoq bo’lishi kerak», degan ta’limotni Neotomizm nomi bilan rivojlantirayotir. Foma Akvinskiyni papalikning piri hisoblaydilar.
Ammo ming yildan ziyod davom etgan o’rta asrda papa qoshida dahshatli inkivizasiya sudi ish olib borib, u katolisizm g’oyalariga qarshi chiqqan ta’limotlarni bad’at deb, fanni esa shakkoklik hisoblab, olimlarni ta’qib qildi. Minglab kishilarni qattiq jazolagan. Inkivizasiya 9-12 million kishini jazolagan. U Vatikan va papaning eng kuchli quroli edi. 1540 yilda ispan dvoryani Ignatiy Loyola tomonidan tuzilgan Iyezuitlar diniy ordeni papalik tayanchi bo’lib, o’zlarini oddiy kishilardan ajralmaydigan kiyim kiygan. Yashirin ish olib boradigan iyezutlar yuqori tabaqa orasida targ’ibot olib borib, katolik cherkovi uchun xayr-ehson qilish, papalikni qo’llab-quvvatlash, bid’atlarni aniqlash kabi hufyona harakatlar qilganlar.
Katolisizm Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Polsha, Belorus, Ukraina, Latviya, Litva, Estoniya; Afrika, Amerika mamlakatlarida hozir ham mavjud bo’lib, 35 ming iyezutlar, 27 ming fransiskanslar, 21 ming solezianslar, 18 ming xristianlar birodarligi, monaxlar birlashmasi hamda ko’p mingli ruhoniylar orqali ishlaydi. Vatikan va Rim papasi turli mamlakatlarda joylashgan radiotelekompaniya-lar, 50 dan ortiq tilda bosiladigan yuz millionlab nusxali jurnallar va diniy kitoblarga egadir. Katolik universitetlari, kollejlari, diniy maktablari, hatto yasli-bog’chalari mavjud.
Vatikan va Rim papasi umumbashariy muammolar - urush va tinchlik, ekologiya, spid, rak kasalliklari, inson huquqlari, ocharchilik va qashshoqlik, yalpi qirg’in qurollarini ta’qiqlash kabi masalalarni hal qilishga oid qalqaro simpozium, konferensiyalarda aktiv qatnashdi.
Vatikan va Rim papasiining siyosati «Xristian sosializmi», «Xristian demokratiyasi»ni butun dunyoda o’rnatishdir.
Shunday qilib xristianlikning yirik yo’nalishi bo’lgan katolisizm dindorlarga xizmat qilmoqda.


Download 98.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling