Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari


Download 98.38 Kb.
bet3/13
Sana14.10.2023
Hajmi98.38 Kb.
#1702574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-мавзу (1)

§ 3

Xristianlikning aqidalari

Avvalgi mavzularda aytib o’tilganidek, aqidalar din ti-zimida eng muhim falsafiy-nazariy ta’limotlar sifatida muhim o’rin egallaydi. Diniy tasavvurlar, tushunchalar, diniy dunyoqarashdagi nazariy g’oyalar ana shu aqidalarda ifoda qilinadi.


Xristianlik aqidalari ham bundan istisno emas, albatta. Xristianlik diniy ta’limotining voqyelikni sirli, ilohiy qilib tasvirlovchi asosiy aqidalari bir necha asrlar davomida tarkib topgan.
Bu aqidalar quyidagilardir:

1-aqida: Xristianlikning iymon kalimasiga ko’ra dindorlar - ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruh («muqaddas uchlik») bo’lib gavdalanadigan yagona xudoga e’tiqod qiladilar. Demak, xristianlik monoteistik din ekanligi shu aqidadan ma’lumdir. Ota xudo ko’rinib turgan olam (farish-ta)larni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso uning injildagi «tarjimai holi» bilan birlikda O’g’il xudo hisoblanadi. Muqaddas ruh-pravoslaviyeda ota xudodan, katoliklar esa ham ota-xudodan, ham O’g’il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblanadi.


2-aqida: Xristianlik uchun eng muhim aqidaviy g’oya xudoning gavdalanish aqidasi bo’lib, unga binoan Iso xudoligicha qolgan holda, go’yo Mariya ismli qizdan (Bibi Maryam onadan) tug’ilgan payg’ambar deb e’lon etiladi. Bu aqida Isoga mansub deb hisoblanadigan barcha injil pand-nasihatlarga «ilohiy haqiqat»larga xos hurmatni kuchayti-rishga xizmat qiladi.
3-aqida: Gunohni yuvish aqidasiga katta o’rin berilgan, bunga asosan Iso butga mixlanib tortgan azoblari va o’limi bilan o’zini odamlarning gunohlari kasriga ota xudoga qurbon qilgan va shu tariqa bu gunohlarni yuvgan Bu bilan u go’yo odamzoddagi «gunoh hukmronligidan xalos bo’lish» yo’lini ochib bergan.
4-aqida: Isoning qayta tirilishi aqidasi xristian diniy ta’limotida markaziy o’rin egallaydi. Bu tirilish kelgusida odamlarning hammasi tirilishining (islom dinidagi oxirat-qiyomatdagi odamlarni tirilishi kabi) garovi deb ta’kidlangan.
5-aqida: Osmonga chiqib tushish (Islomda me’roj) aqidasi xristianlarni Iso tirilgandan so’ng osmonga, Ota xudo huzuriga chiqqanligiga ishonish. Mazkur aqida orqali yerdagi hayot odamni oxiratda kutadigan mangulikka nisbatan hyech narsaga arzimaydi, degan ishonch uqtirildi.
6-aqida: Xristianlikning «xudo oldida hamma odam tengdir», degan bu aqidasi ijtimoiy tengsizlikni bekor qila olmagan tasavvurdagina barchagi tenglik huquqini bergan edi. Bu tenglik oxiratda amalga oshishini kutishga dindorlar da’vat etilgan.
Xristianlik barcha odamlarning birinchi gunoh qilish tengligini e’tirof qiladi. To’g’ri, xristianlikda mulkiy tenglik va umumiylik to’g’risida fikrlar bo’lgan, ammo oddiy dindor mehnatkashlar va qullar bilan tabaqa vakillari bo’lgan dindorlar orasida qarama-qarshilik keltirib chiqargan ana shu tenglik g’oyalari injilnomalarda yo’q bo’lib ketgan.
Xristianlik aqidalari Tavrot asosida yaratilgan. Ota-xudo butun olamni va odamlarni yaratishi to’g’risidagi aqida ham Tavrotning «Hayot» deb atalgan birinchi kitobidan olingan.
«Hayot» da dunyoni yaratilishi haqida shunday deyilgan:
«Dastlab xudo osmon va yerni yaratdi. Yer ko’rinmas va bo’m-bo’sh edi, uning usti cheksiz va qorong’i edi. Va xudoning ruhi suvga tushdi. Shundan keyin xudo yorug’likni yaratgan va uni zulmatdan ajratgan. Shu bilan birga yaratishning birinchi kuni yo’qlikdan samoviy zaminni, yer qit’alarini, dengizlarni, tog’larni, osmon yoritkichlarini, Quyosh, Oy, sayyoralarni, yulduzlarni yaratgan.
Shundan keyin xudo o’simliklarni, hayvonlarni yaratgan, nihoyat, yaratishning so’nggi oltinchi kunida u odamni bunyod etgan. Va xudo odamni o’z qiyofasida yaratgan. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi». (Hayot, 1-sura, 21-oyat)
Bu yo’qdan bor qilib yaratish vaqtida ko’plab chalkashliklar mavjud. Masalan: «Hayot» kitobidagi 1-surada erkak va ayol bir vaqtda yaratilgan deyilgan. 2-surada esa avval erkak, keyin uning qovurg’asidan ayol yaratilgan, deyiladi. Adam va Yeva dastlabki odamlar bo’lib, ular jannatda yashashgan, lekin shaytonning gapiga kirib jannat tartibini buzib (ular man’ qilingan bilim daraxti mevasini iste’mol qilishgan), undan haydalganlar - birinchi gunoh yuz bergan. Shundan keyin ulardan tarqalgan barcha odamlar tug’ma gunoh bilan dunyoga kelganlar, degan g’oya olg’a suriladi. Cho’qintirish marosimida muqaddas suvda ana shu gunohni yuvib tashlanadi. Din peshvolari olamni yaratishdagi har bir kun million-million yillarga teng bo’lgan, deb hisoblaydilar.


Download 98.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling