Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari
§ 5 XRISTIANLIKDAGI YO’NALIShLAR
Download 98.38 Kb.
|
5-мавзу (1)
§ 5
XRISTIANLIKDAGI YO’NALIShLAR Bir butun din bo’lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu dinning mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va kapitalizm tuzumlari sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar tufayli turli yo’nalish-laru sektalarga bo’linib ketgan. Ichki inqiroz va tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari) Rim imperiyasi 3-4 asrlarda G’arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib keldi. Rim imperiyasining G’arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi ustunroq bo’lib, ularning Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga tobe’ligi saqlanib qoldi. Lekin Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si tizimida yagona davlat bo’lib, davlat siyosiy hokimiyatiga bo’ysinardi. 1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim markaziy cherkovidan ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki yo’nalishga - katoliklar va pravoslaviye yo’nalishlariga bo’lindi. 16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos keladigan yana bir yangi yo’nalish - protestantizm vujudga keldi. Bulardan tashqari ana shu yo’nalishlar ichida xristian uyushmalari, jamoalari, ya’ni sektalari ham paydo bo’ldi. KATOLISIZM (Katolik) yo’nalishi Katolisizm xristianlikdagi eng keng tarqalgan yo’nalish bo’lib, bu yo’nalishga 800 millionga yaqin kishi sig’inadi. Katolisizm (grekcha - katolikos degan so’zdan olingan, o’zbekcha ma’nosi - umumiy, butun dunyo cherkovlariga oid, degan mazmunga egadir) yo’nalishidagi dindorlar dastlabki vaqtda Misrdagi Aleksandriya arximandratini tan olgan monofizit-lar deb atalardi. Katolisizm yo’nalishida barcha diniy marosimlarni bajarish, duolarni o’qish, Bibliya («Yangi ahd») matnini o’qish lotin tilida olib boriladi. Lotin tili qadimgi Rim Lotikiya aholisi gaplashadigan til bo’lib, u lotikiya qabilasining tili edi. Rim aholisi Tibr, Aniyen daryolari, Apenin tog’ tizmalari va Tirren dengizi o’rtasidagi vodiyda yashovchi lotik qabilasiga mansub edi. Hozir lotin tili «O’lik» til hisoblanadi, ammo lotin alfaviti aksariyat Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa qit’alarda yashaydigan aholi grammatikasiga asos bo’lgan. U tibbiyot, matematika, kimyo, fizika kabi fanlarda simvolik belgi sifatida ishlatiladi. O’zbekiston respublikasida ham lotin alifbosiga o’tish boshlandi. 1962 yilda 2-Vatikan sobori diniy ishlarni milliy tillarda olib borishga ruxsat bergan, ammo lotin tilida olib borish hamon davom etayotir. Katolisizm yo’nalishi tarixi IV-XX asrlarni tashkil qilib, deyarli 16 asrdan buyon mavjuddir. Bu davr mobaynida katolisizm aqida va marosimlari, ruhoniy va cherkovlari quldorlik, feodalizm va kapitalizm jamiyatlari uchun bajonidil xizmat qilib kelayotir. Xristianlikning bu yo’nalishi zamona ruhiga, o’zgargan tarixiy shart-sharoitlariga ustalik bilan moslashib yashamoqda. Katolisizmning aholini turli qatlamlari, sinflari va toiflari orasida ta’siri katta. Katolisizm markazdan boshqariladi. Rim shahrida Vatikan va Rim papasi barcha katolik cherkovlarga rahbarlik qiladi. Katolisizmning aqidalari: Katoliklar ilohiyotida (aqidalar) ilohiy troisaga: ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruhga e’tiqod qiladilar. Katoliklar «muqaddas ruh», «ota va o’g’il» xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar. Katoliklar muqaddas kitobni, ya’ni Tavrotni va muqaddas rivoyat yoki an’analarni diniy ta’limot manbai, deb hisoblaydilar. Katolik cherkovi faqat lotin tilida yozilgan Tavrotni e’tirof qiladi. Tavrotni faqat ruhoniylargina izohlashi va sharhlashi mumkin. Katolik an’analarni papalar yoki sobor yig’inlarida «avliyo ota»lar chiqargan yangiliklar bilan to’ldirib turishni tan oladilar. Bu bilan katolisizm zamonaga moslashtirib berilgan. Xristianlikning boshqa yo’nalishlaridan farq qilib, katolisizmda Rim papasi xudoning rasuli ekanligi to’g’risidagi maxsus aqidaga amal qilinadi. Katolisizm papani cherkovning boshlig’i deb hisoblaydi, uni «Iso-ning noibi (vorisi)» va «Apostol pyotrning o’rinbo-sari» deb ataydilar. Katolisizmda a’rof to’grisidagi aqida bo’lib, unga ko’ra a’rofda (jannat bilan do’zah oralig’ida) gunohkorlarning ruhlari tiriklik vaqtlarida yuvilmay qolgan gunohlaridan tozalanib, jannatga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, deb tushuntiriladi. XIII asrda katolik ilohiyotchilari tomonidan «savob ishlar» zahirasi to’g’risidagi aqida ishlab chiqildi. Unga asosan gunoh qilgan kishilar cherkovdan, haq to’lab, kechirim so’rab, gunohining kechirilgani to’g’risi-dagi guvohnoma-idulgensiya olishi mumkin. Cherkov idulgensiya narxini belgilab chiqdi. Masalan, o’z otasini yoki onasini, xotinini, akasini, ukasini, singlisini o’ldirgani uchun 5 yoki 6 gross, yoki «o’g’irlik qilgani uchun, o’t qo’yganlik uchun 8 gross» haq to’laydi. Isoning onasi Bibi Maryamga «ruhoniy ona» deb sig’inish ham kuchli e’tiqod ramzi hisoblanadi. Download 98.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling