Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Download 40.08 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi mustaqil ish (копия)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Mehnatga haq to`lash shakllari va tizimi
- Asosiy ish haqi
- Qo`shimcha ish haqi
- Ishbay progressiv
- Progressiv ishbay
- Akkord mukofot
Иш ҳақи бўйича мажбуриятларнинг аналитик ҳисоби ходимлар бўйича олиб борилади. 2.Mehnatga haq to`lash shakllari va tizimi Kishining mehnat faoliyati turli-tuman bo`lganligi uchun, uning mehnatiga haq to`lash ham turlicha shakllarda namoyon bo`ladi. Ish haqining ikki shakli qabul qilingan: ishbay haq to`lash; vaqtbay haq to`lash. Mehnatga ishbay haq to`lash – xodimlarning haqiqatda bajargan ishi yoki yetishtirgan mahsulotiga to`lanadigan ish haqidan iborat. Ishbay haq to`lash bajariladigan ishga yoki mahsulotga me’yor belgilash imkoniyati bo`lgan va uni aniq hisobga olish mumkin bo`lganda keng qo`llaniladi. Ish haqi to`lashning bu shakli xodimlarni ishni bajarishdagi moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi asosiy omillaridan hisoblanadi. Vaqtbay haq to`lash bu xodimlarning sarflangan ish vaqti, ya’ni soat, smena, kun uchun to`lanadigan ish haqidan iborat. Mehnatga haq ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga yoki bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulot uchun to`lanishi mumkin. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga ish haqi yakka tartibda yoki mayda guruh, guruh tartibida bo`lishi mumkin. U yoki bu haq to`lash tartibini qo`llash, ekin turlari, mahsulot yetishtirish texnologiyasi, mehnat jarayonining shu jarayon pirovad oqibat natijasi bilan qanchalik bog`langanligiga, ya’ni mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi qanchalik darajaga yetganligiga bog`liq. Bundan tashqari mehnatga haq to`lash o`z vazifasiga ko`ra: - asosiy ish haqi to`lashga; - qo`shimcha haq to`lashga bo`linadi. Asosiy ish haqi –agrotexnika, zootexnika hamda tashkiliy xo`jaligi talablariga ko`ra, belgilangan ish, mahsulot yetishtirish me’yorini bajarganligi uchun oldindan belgilab qo`yilgan stavka yoki rassenka, lavozim okladi to`lanadigan ish haqidan iborat. Bu kafolatlangan ish haqini tashkil qiladi. Qo`shimcha ish haqi – qo`shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo`shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga to`lanadigan ish haqidir. Qo`shimcha ish haqi natural va pul holida to`lanishi mumkin. Qo`shimcha ish haqining hajmi juda katta bo`lmasligi kerak. Aks holda u asosiy ish haqini ahamiyati va rolini keskin kamaytiradi.
Ishbay progressiv tizimda me’yordan ortiq bajarilgan ish yoki yetishtirilgan mahsulot uchun progressiv ortib boruvchi stavka yoki rassenka bo`yicha haq to`lanadi. Masalan, paxtani qo`lda teruvchi xodimlarga me’yor chegarasidagi ish uchun 1 kg -25 so`m bo`lsa, 60-80 kg-gacha 30 so`m, 80-100 kg 35 so`m va h.k. tartibda haq to`lab boriladi yoki me’yordan ortiq bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulotning har 1 foizi uchun ish haqi stavkasi yoki rassenkasi ma’lum foizga ortib borishi mumkin. Progressiv ishbay tizimini qo`llash uchun yetarli sharoit bo`lishi, ya’ni xodimlarni onglilik darajasi, aniq nazorat o`rnatilishi kerak. Aks holda ish haqi fondining ortiq sarflanishiga sabab bo`ladi. Ishbay mukofot tizimida xodimlarga to`lanadigan asosiy ish haqi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismi bajargan ishi, ikkinchi qismi yetishtirgan mahsuloti uchun to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirish darajasining orttirib borganligi, xarajatlarni tejaganligi hamda ishlarni sifatli bajarganligi uchun mukofot beriladi. Akkord mukofot haq to`lash tizimida ishchilarga ish haqi ma’lum brigada yoki zveno bo`yicha, chorvachilik tarmoqlarida bundan tashqari, ayrim ishchilar kategoriyasi bo`yicha haqiqatda yetishtirgan mahsulotlar birligiga oldindan belgilab qo`yilgan ish haqi hajmida (rassenkasida) to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda yuqori natijaga erishganligi va xarajatlarni tejaganligi uchun mukofotlash qo`llaniladi. Bu haq to`lash tizimining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda xodimlarning ish haqi bevosita mahsulot yetishtirish bilan bog`liq. Vaqtbay haq to`lash tizimi: - oddiy vaqtbay; - vaqtbay mukofot tizimlaridan iborat. Oddiy vaqtbay shaklda ish haqi xodimlarning ish bajargan vaqtlari (soat, smena, kun, oy va h.k.) uchun to`lab boriladi. Vaqtbay mukofot tizimida yuqoridagi tartibdan tashqari ma’lum ko`rsatkichlar uchun mukofot beriladi. Download 40.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling