Kurs ishi mavzusi kimlar tomonidan o’rganilgan. O'zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati va uning asosiy yo'nalishlari, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurishdagi roli, respudblikamizda qulay investitsiya muhitini barpo etishning ilmiy va amaliy jihatdanlari respublikamiz iqtisodchi-olimlari – Orifxonov Sh., Sirajiddinov N.,Tursunov B.M., Hikmatov.O., Bedrintsev A.K., Yo'ldoshev Sh., Isajonov A., Rasulev A.F., Yusupov A., Trushin E.F. va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Kurs ishi obyekti. Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni va unga ta’sir etuvchi omillar.
Kurs ishi predmenti. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, daromad yoki ijtimoiy samara keltiradigan va davlat tomonidan ta’qiqlanmagan tadbirkorlikka jalb qilinadigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklar tadqiqot predmeti deb belgilanib olindi.
Kurs ishi maqsadi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan birga mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish asnosida yangi ish o’rinlarini tashkil etish va shu asosda jahon xo’jalik tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvni ta’minlashga olib keladi.
Kurs ishi vazifalari.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Tadqiqot natijasida to’plangan materiallar, adabiyotlar va davriy matbuot materiallaridagi ilmiy muomalaga kiritilgan yangi malumotlar mamlakatimizning turli sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalarni yanada erkinlashtirish rivojlangan chet-el mamalakatlari bilan qo’shma korxonalarni tashkil qilishga xizmat qilishi ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |