Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalar Kirish Mavzuning dolzarbligi
Investitsion faoliyatni moliyalashtirish va davlat tomonidan tartibga solish
Download 156.5 Kb.
|
muhtaram kurs ishi
3.Investitsion faoliyatni moliyalashtirish va davlat tomonidan tartibga solish
Moliyaviy resurlarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari ( Davlat mulk qo’mitasi, Bandlik jamg’armasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari jamg’armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.), qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar, xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi. Moliyalashtirishning ichki usulidan foydalanishda moliyaviy resurslar tashkil toppish manbalari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: foyda, oborotdan tashqari aktivlarni sotish, mol yetkazib beruvchilardan olingan kreditlar, debitorlik qarzlarining kamayishi, amortizatsiya ajratmalari, tadbirkorlikning jamg’armalari va boshqalar. Ayrim holatlarda muhim moliyalashtirish manbai sifatida mol yetkazib beruvchilardan olingan kreditlardan foydalanish mumkin, biroq, bunda mol yetkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlar saqlanishi va ta’minotining barqarorligi buzilmasligi lozim. Tashqi moliyalashtirishning har qanday usulida korxona qarz olish hisobiga yoki aksiyalar chiqarish yoli bilan moliyalashtirishni tashkil etadi. Tashqi manbalardan jalb etilgan mablag’lar quyidagicha 3 xil baholash mezoniga asoslanadi: mablag’lardan imkon boricha foydalanish vaqti, xarajatlar miqdori (qarz kapitali qiymati), korxona ustidan nazoratning darajasi. Bozor sharoitida investitsiyalarnitashkil etish va moliyalashtirishning yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqarorlashtirish, mamlakat iqtisodiy o’sishini ta’minlash, korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun bir qancha chora-tadbirlar hamda investitsiya loyihalari va dasturlari ishlab chiqilmoqda. Hozirgi paytda investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish siyosatining asosan quyidagi yo’nalishlari amalga oshirilmoqda: Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishborasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat o’tkazish, tovarlarni eksport qilishda xorij investitsiyalari uchun o’z daromadlaridan foydalanishlarida birmuncha imtiyozlar tartibini joriy etish; Xorijiy investitsiyalari, asosan, kapital manbalarini Respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlarini yanada takomillashtirish; O’zbekistonga jahon talabidagi texnikalar olib keladigan iqtisodiy tizimni rivojlantirishga yordam beradigan xorij investitsiyalariga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o’tkazish. Hozirgi sharoitda respublika investitsiya bazasini rivojlantirish va mustahkamlash islohotlar strategiyasining muhim sharti bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasi bir qancha rivojlangan mamlakatlar bilan qo’shma korxonalar barpo etmoqda. Bu hamkorliklar natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan ichki bozorlarni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash, shuningdek, eksport hajmini oshirish ko’zda tutilgan. Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling