Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalar Kirish Mavzuning dolzarbligi
Kurs ishining qo’lanilgan tadqiqot usullari
Download 156.5 Kb.
|
muhtaram kurs ishi
Kurs ishining qo’lanilgan tadqiqot usullari. Kurs ishida asosan investitsiyalarni sanoat ishlab chiqarish, turizm sohasini rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, qurilish, qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan usullar o’rganib chiqilgan.
Kurs ishining tarkibi. Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. 1.Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati Ivestitsiyalar atamasi lotin tilidagi “invest” so’zidan olingan bo’lib, pul sarf qilmoq, qo’ymoq ma’nolarini anglatadi. “Investitsiya” tushunchasi bir qator ma’nolarga ega bo’lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya’ni investitsiyalar har qanday vosita bo’lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko’paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta’minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o’stirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga ,innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish(qoʻyish) ham investitsiyaning bir ta’rifi bo’lib, pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Kapitalni joylashtirish shakllari turlicha bo’lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya’ni kapital pul va buyum ko’rinishidagi kapitalga bo’linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni moddiy buyumlar va pul ko’rinishidagi investitsiya turlariga ajratish mumkin. Moddiy buyumlar deganda, ko’rinishga ega bo’lgan, qo’l bilan ushlasa bo’ladigan, investitsiyalarga qo’yilayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko’paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi. Pul ko’rinishidagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan moddiy buyumlar ko’rinishidagi investitsiyalarga yo’naltirilgan pul mablag’lari kiradi. Investitsiyalar – aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog’lash bo’lib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg’arilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qo’yilma qilish jarayonidir. Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg’arish, qo’yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonini olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko’plab mamlakatlar xorijiy qo’yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan, kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o’tkazishga ruxsat beradi. Olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi. Investitsiya loyihalariga mablag’ qo’yuvchilar – investorlar davlat, korxona, kompaniya, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar bo’lishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish kerakki, investitsiyalar bu kapital qo’yilmalardir. Ular hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarga, hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. Investitsiyalar xususiy sector va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishga va qimmatbaxo qog’ozlarga (aksiyalar, obligatsiya va yalpi xarajatlar (C+I)) tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin. Investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg'arish, qo'yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonini olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakatiga investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko'plab mamlakatlar xorijiy qo'yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o'tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi. Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me'yori deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi: Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling