Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalar Kirish Mavzuning dolzarbligi


T/r Moliyalashtirish manbalari


Download 156.5 Kb.
bet6/9
Sana17.12.2022
Hajmi156.5 Kb.
#1026599
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
muhtaram kurs ishi

T/r

Moliyalashtirish manbalari

2022 — 2026-yillarda jami

shundan:

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil




Jami kapital qo‘yilmalar

2 025 200

298 772

346 848

400 318

457 659

521 603




shu jumladan:



















1.

Markazlashgan investitsiyalar:

344 309

50 767

61 480

72 378

76 106

83 579

1.1.

Budjet mablag‘lari

136 669

23 790

25 017

28 074

29 400

30 388

1.2.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari (so‘mda)

17 614

1 613,2

3 100

3 450

4 514

4 937




mln. AQSh dollarida

1 352

142*

258

271

335

345

1.3.

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar (so‘mda)

190 027

25 363

33 364

40 854

42 192

48 255




mln. AQSh dollarida

14 738

2 240

2 780

3 212

3 129

3 376

2.

Markazlashmagan investitsiyalar:

1 680 891

248 006

285 368

327 940

381 553

438 024

2.1.

Korxona mablag‘lari, shu jumladan, korxonalarning o‘z ixtiyorida qoldiriladigan soliqlar

478 234

69 433

76 926

92 465

110 384

129 026

2.2.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari

338 864

49 606

53 696

64 861

79 242

91 458

2.3.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar (so‘mda)

714 278

107 621

130 186

141 024

157 094

178 353




mln. AQSh dollarida

55 572

9 506

10 849

11 087

11 651

12 479

2.4.

Aholi mablag‘lari

149 515

21 346

24 560

29 590

34 833

39 187

Bu kabi reja va dasturlar albatta vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish va xalqimiz faravonligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Endi mamlakatimiz investitsion holatini yana ham ravshanroq tushunishga imkon beruvchi bunday axborotning analitik guruhlarining ro’yxatini tuzish mumkin:



  • Mutloq ko’rinishdagi asosiy kapitaldagi investitsiyalar va korxonaning o’z mablag’lariga munosabati bo’yicha ularning tarkibi;

  • Mamlakatning iqtisodiy tarmog’i bo’yicha asosiy kapitalga qo’yilgan investitsiya tarkibi;

  • Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish doirasidagi asosiy kapitalga qo’yilgan investitsiyalarning o’zaro munosabati;

  • Iqtisodiyotni qayta shakllantirish davrida asosiy kapitaldagi investitsiya indekslari;

  • Xususiy korxonalarning asosiy kapitaldagi investitsiyasi;

  • Davlat iqtisodiy sektorining investitsion faoliyat doirasiga qaratilgan e’tibori;

  • Chet ellik investorlarning mutloq ko’rinishdagi investitsiyalari;

  • Chet ellik investorlarning iqtisodiyot tarmog’idagi investitsiyalari;

Hozirgi zamon amaliyotida investitsion bozor yo’nalishlari va investitsion faoliyatiga qarab o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Investitsion mablag’lar bozori;

  • Investitsion xizmatlar bozori;

  • Asosiy fond va ko’chmas mulk bozori;

  • Qimmatli qog’ozlar bozori;

  • Boshqa investitsiyalash obyektlari bozori.

Investitsion mablag’lar bozori o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni ya’ni, yer bozori (yer maydonlarini sotish yoki undan foydalanish huquqi), moliyaviy mablag’lar bozori, uning ishtirokchilari esa bank, sug’urta va moliya kompaniyalari, patentlar bozori, yangi texnologiyalar bozori va boshqa aktivlar bozorini qamrab oladi.
Investitsion xizmatlar bozori tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo’yicha xizmatlar bozori;

  • Loyihaviy ishlar va loyihaviy mahsulotlar bozori;

  • Muhandis, muhandis-geologiya va iqtisodiy izlanishlar bo’yicha xizmatlar bozori;

  • Qurilish materiallari, yarim fabrikalar va konstruksiya bozorlari;

  • Qurilish mashinalari, texnika, qurilish-montaj instrumentlari va qurilish texnologiyalari bozor;

Investitsion bozorning subyektlari sifatida esa quyidagi shaxslar qatnashishi mumkin:

  • Qurilish mahsulotlari va montaj ishlari bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchi tashkilot va firmalar;

  • Loyiha va loyiha-qurilish firmalari;

  • Ilmiy-izlanish tashkilotlari;

  • Injenering firmalari;

  • Qurilish texnikasini ishlab chiqarish korxonalari, qurilish montaji bilan shug’ullanuvchi korxonalar, nostandart texnikalarni ta’mirlash korxonalari.

Asosiy fond va ko’chmas mulk bozori – investitsion xizmatlar bozori bilan bevosita bog’liq bo’lib, birinchi navbatda investitsion faoliyatning yakunlangan mahsulotlari bilan capital qo’yilmalar va kapital qo’yilmalarni shakllantiruvchi investitsiyalar va investitsion loyihalarga ajratilgan investitsion mablag’lar bilan bog’liq.
Qimmatli qog’ozlar bozori – fond bozoridan tashqari pul va mahsulot qimmatli qog’ozlar, mahsulot fyuchers, optsion bozorlarini ham qamrab oladi.
Investitsiya tizimini tashkil qiluvchi elementlarida investitsiyalarning ichki va tashqi manbalari mavjud bo’lib, ular asosan milliy iqtisodiyotda hosil qilingan jamg’armalar hamda boshqa aktivlardan va shuningdek, xorijiy manbalar hisobiga amal qilinadi. Investitsion resurslarga ega bo’lgan iqtisodiy subyektlar tarkibini davlat, xo’jalik subyektlari hamda aholi tashkil qiladi. Davlat investitsiyalari asosan, davlat budjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladigan investitsiyalarni o’z ichiga oladi. Xususan, E.F.Gadoyevning fikricha, davlat investitsiyalari davlatning iqtisodiyotni tartibga solish tizimidagi moliyaviy resurslar talab qiladigan usullaridan biri hisoblanishini ta’kidlaydi. 6
B
Investitsiya tizimi

Ichki investitsiyalar

Tashqi investitsiylar

Davlat investitsiyalari

Xo’jalik subyektlari investitsiyalari

Aholining investitsion faolligi

Investitsiya resurslari

Moliyaviy investitsiya resurslari

Real investitsiya resurslar

Intellektual resurslar
ozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya tizimi.
3-rasm
Shuningdek, V.V.Kovaleva, davlat investitsiyalariga to’xtalib, bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday iqtisodiyotning sohalari mavjud bo’lishi haqida gapiradiki, bunday sohalar bir tomondan yirik kapital sig’imini talab qiluvchi loyihalar hisoblanishi bilan birga korporativ moliyalashtirish tizimi uchun samarasiz hisoblanadi. Ammo, bunday loyihalarning ijtimoiy ahamiyatining yuqoriligi sababli ular davlat tomonidan moliyalashtirilishini ta’kidlaydi.7
Xo’jalik subyektlarining investitsion faoliyati asosan, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga qaratilgan qayta investitsiyalash faoliyati hamda qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar qilish hisobiga shakllantiriladigan investitsiyalar va boshqa obyektlarga qilinadigan investitsiyalarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatdagi umumiy investitsiya faoliyatida aholi potensial investor sifatida ishtirok etishi mumkin. Moliyaviy bozorlarni rivojlantirish orqali aholining pul jamg’armalarini investitsiya resurslari sifatida yo’naltirish imkoniyatlari mavjuddir. Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda aholining investitsiyalardagi ulushi yuqori salmog’ini tashkil qiladi. Chunki, aholi pul daromadlarining iste’moldan ortgan qismi investitsiya bozorlari uchun ma’lum darajada jalb qilinishi mumkin bo’lgan resurs hisoblanadi.
4-rasm

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling