Huquqiy munosabatlar quyidagi beshta belgiga ega.
Biriichi belgi. Huquqiy munosabatlar - ijtimoiy munosabatlar, ya’ni kishilar o`rtasidagi faoliyat, xatti-harakatlar bilan uzviy bog`liq, bo`lgan munosabatlardir. Bu odamlar bilan moddiy buyumlar o`rtasidagi aloqalar huquqiy munosabatlar emas. Biron narsaning egasi unga nisbatan huquqlar yig`indisiga ega, biroq; bu huquqlar boshqa kishilar bilan munoabatlarga kirishgandagina jonlanadi: mulkdor kimgadir narsani sotishi, sovga qilishi yoki foydalanib turishga berishi mumkin. Shu bilan birga, ulardan o`zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab qiladi.
Huquqshunoslik fanida, «ijtimoiy munosabatlar» va «ijtimoiy aloqa» tushunchalari ba’zan bir-biridan ajratiladi, ayrim xollarda esa aynan bir xil deb karaladi. Bu, bizningcha, to`gridir. Har qanday ijtimoiy munosabatlar kabi huquqiy munosabatlar ham insonning ongli faoliyati natijasidir. Insonlar o`rtasidagi huquqiy aloqalar ongli ravishda bo`ladi va ular insonning idrokli faoliyati natijasida yuzaga keladi.
Uziga xos ijtimoiy munosabatlr bo`lgan huquqiy munosabatlar ko`p kirrali ijtmoiy hayot ta’sirida vujudga keladi. Huquqiy munosabatlar nafaqat moddiy, balki, huquqni jonlantiruvchi hayotiy vaziyatlarda yashiringan bo`ladi. Huquqiy munosabatlarning tarixan zuravonlikka asoslangan munosabatlardan keyin paydo bo`lganligi shubxasizdir.
Odatda, huquqiy munosabatlarniing mafko`raviy xislatini, ularning uziga xos belisi deyishadi. Mafko`ra muayyan manfaat va inilishlarni ifodalasa-da, sinfiylik bilan bir xil emas. Chunki, u ijtimoiy hayotga rang-barang karashlar tizimidan iborat. Xo`jalik hayotiii kattik markazlashtirilgan holda boshqarishga itilish- mafko`ra; bozor iktisodiyotiga utish va erkin ishbilarmonlik ham — mafko`ra; davlat va jamiyatning dinga munosabati, axolining kam ta’minlangan katlamlarini kullash ham mafko`radir.
Qonunchilik va u bilan bog`lik huquqiy munosabatlar mafko`raviy hodisa bo`lib kolaveradi. Bu yerda eng asosiysi, mafko`ra o`ta sinfiy, ruxiy manfaatlarni emas, balki umuminsoniy qadryat va manfaatlarni amalda ifodalashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |