Xuquq ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida


Download 132 Kb.
bet11/14
Sana01.11.2023
Hajmi132 Kb.
#1738016
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
XUQUQ – IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA

Tarmoq huquqiy munosabatlari. Bunday turlashning asosi huquqning tarmoqlarga bo`linishidir. Huquqning kancha tarmogi bo`lsa, huquqiy munoabatlarning ham shuncha turlari mavjud, masa-lan, konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, jinoiy, hodim, oila huquqi kabilar. Huquqiy munosabatlarni tarmoqlarga ajratishda moddiy-huquqiy va protsessual huquqiy munosabatlarga ajratish katta ahamiyatga ega.
Moddiy-huquqiy munosabatlar. Moddiy huquq normalari asosida vujudga keladi. Ularning mazmuni - huquq subyektlari manfaatlarining predmetini tashkil etuvchi huquq va majburiyatlardir. Yuridik faoliyatning mohiyati esa fuqarolik huquqiy, konstitutsiyaviy-huquqiy, ma’­muriy-huquqiy va boshqa moddiy-huquqiy munosabatlardan iborat.
Protsessual huquqiy munosabatlar. Protsessual normalar asosida yuzaga keladi va moddiy-huquqiy munosabatlardan tugiladi. Ular subyektlarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish, yuridik faoliyat (Fuqarolik-protsessual, jinoiy-protsessual, ma’muriy-protsessual va boshqa protsessual huquqiy munosabatlar)ni xal etish tartibini nazarda to`tadi. Protsessual huquqiy munosabatlarning uziga xosligi yana shundaki, ular protsessual huquqiy normalarsiz umuman vujudga kela olmaydi.Agar moddiy -huquqiy munosabatlarni ijtimoiy borlik va yuridik normalar bilan muvofiqlashtirsak, quyidagicha sxema paydo bo`ladi: ijtimoiy munosabatlar - huquq normalari -moddiy-huquqiy munosabatlar. Huquq normalari mavjud ijtimoiy munosabatlarga tadbiq etiladi va natijada huquqiy munosabatlar paydo bo`ladi. Bu holda ijtimoiy munosabatlar huquqiy normalarga bog`liq bo`lmagan holda vujudga kelib, unga yakin huquqiy kiyofaga kiradi va huquqiy munosabatga aylanadi. Protsessual huquqiy munosabatlar esa boshqa masala. Ular yuridik protsessual norma paydo bo`lmaguncha yuzaga kelmaydi. U shunday huquqiy munosabatlarni bunyod etadiki, uzi bekor bo`lishi bilan bunday munosabatlar ham yukoladi. Masalan, jinoiy ish kuzgash buyicha subyektlar o`rtasidagi protsessual munosabatlar tegishli protsessual normalar borligi tufayli mavjud. Bu normalar tegishli harakatlar tartibini ko`zda tutadi, ular kassatsiya ishlarini yuritish, tegish­li huquqiy munosabatlar, sud hukmi, qarorlarni rad etish va bekor qilish to`g`risidagi protsessual normalar borligi uchun ham marjuddir. Yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlar, mutlaq va nisbiy, umumiy va aniq, turlarga bo`linadi. Nisbiy huquqiy munosabatlarda barcha qatnashchilar majburiyatli shaxslar ham (Haridor va sotuvchi, buyurtmachi va pudratchi) aniq, belgilangan.
Mutlaq huquqiy munosabatlarda esa bitta shaxs ma’lum - subyektiv huquq egasi. Qolgan hamma subyektlar majburiyatlardir, ya’ni vakolatli shaxsning o`z subyektiv huquqini amalga oshirishga to`sqin bo`lmasliklari kerak. Bunday huquqiy munosabatlarga mulkiy yoki mualliflikka oid munosabatlar misol bo`lishi mumkin.
Umumiy xukutsiy munosabatlar Fuqarolarning asosiy huquq., erkinlik va burchlarini belgilovchi konstitutsiyaviy normalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlardir.
Davlat Fuqarolari qonunda kat’iy belgilangan huquqlari buyicha huquqning barcha subyektlari bilan huquqiy aloqada bo`ladilar. Agar bu huquqlar va erkinliklar amalga oshirilsa, aniq munosabatlar paydo bo`ladi.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling