Xuquq ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida
Download 132 Kb.
|
XUQUQ – IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA
Huquq normasi - davlat tomonidan belgilanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish qoidasi. Huquq normasi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, huquq manbaining boshqa turlari shaklida namoyon boʻladi. Huquq tarmoqlariga bogʻliq holda maʼmuriyhuquqiy, jinoiy-huquqiy huquq normalari, mehnat, ekologiya, xalqaro, konstitutsiyaviy, xoʻjalik va huquqning boshqa tarmoqlariga oid huquq normalari farqlanadi. Amal qilish vaqtiga koʻra, doimiy (rasmiy bekor qilingunga qadar amal qiladigan) va vaqtinchalik (faqat muayyan vaqt oraligʻida amalda boʻluvchi) Huquq normasi boʻladi. Huquq normasi amal qilish hududiga qarab, umumiy va mahalliy normalarga boʻlinadi, bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga kiradigan normalar maʼlum hududlarda amal qilishi mumkin. Huquq normasi subʼyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga ajraladi, bunda birinchisi hamma huquq subʼyektlari uchun, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi yoki aniq belgilangan doiradagi subʼyektlar (pensionerlar, nogironlar, ichki ishlar xodimlari va shahrik.) uchun taalluqli boʻladi. Bulardan tashqari, Huquq normasini boshqa qator mezonlar asosida tasniflashlar ham mavjud.
Huquq normasi oʻz ichki tuzilishiga ega boʻlib, 3 qismdan iboratdir: gipoteza, dispozitsiya, sanksiya. Gipotezada Huquq normasida belgilanadigan qoida qanday sharoitda va holatda kim tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatiladi. Dispozitsiyada gipotezada koʻrsatilgan hollardagi munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalanadi. Sanksiya dispozitsiyada koʻrsa-tilgan qoidani buzgan shaxsga nisbatan davlat organi qoʻllashi mumkin boʻlgan taʼsir chorasini belgilaydi. Konstitutsiyaviy normalar 3 qismdan emas, asosan gipoteza va dispo-zitsiyadan iborat boʻladi. Jinoiy va maʼmuriy javobgarlikni koʻzda tutuvchi normalar esa — asosan dispozitsiya va sanksiyadan iborat boʻladi (mas, Jinoyat va maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarning maxsus qismi normalari). Huquq – davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umummajburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. Huquq davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari oʻrtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik huquqi, mehnat huquqi); vakolatli organlar, davlat boshqaruvi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat huquqi, protsessual huquq) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy huquq). Huquq normalari boshqa ijtimoiy tartibga soluvchi normalar (din, axloq, odat va boshqalar)dan oʻzining majburiyligi bilan ajralib turadi. Huquqning ikki yoki undan ortiq davlatlarning xohish-irodasi, istaklari bilan vujudga keltiriladigan xalqaro huquq hamda faqat bir davlat doirasida boʻlgan milliy huquq koʻrinishlari bor. Fanda huquqni „geografik“ jihatdan boʻlib talqin qilish ham mavjud. Unga koʻra quyidagi huquqiy tizimlar („huquq oilalari“) farqlanadi: kontinental (yoki romangerman), anglosakson (yoki ingliz-amerika), indeys, musulmon huquqi. Qiyosiy huquq-shunoslik namoyandalari „sotsialistik davlat“lar deb atalgan davlatlar Huquqini ham alohida tizimga kiritishni taklif etadilar. Oʻzbekiston Respublikasi huquqi kontinental huquq tizimiga mansub. Huquqning oʻziga xos umumiy va maxsus belgilari mavjud. Huquqning ijtimoiyligi, normativ koʻrsatmalardan iboratligi, adolat va erkinlik gʻoyalarini ifodalashi, umummajburiy va irodaviy xususiyatlari, qonuniy aniqligi, rasman belgilanganligi, tizimligi va joʻshqinligi, davlat tomonidan muhofaza etilishi shular jumlasidandir. Huquq tushunchasi va mohiyatini aniqlash boʻyicha uchta asosiy yondashuv bor: a) Huquqga mutlaq yuridik normalar tizimi sifatida qarovchi normativ yondashuv (buni huquqni tor maʼnoda tushunish ham deyiladi); b) Huquqni u tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar bilan tenglashtiruvchi sotsiologik yondashuv; v) Huquqni erkinlik va adolat mezoni bilan bogʻlovchi falsafiy yondashuv (keyingi ikki yondashuvni huquqni keng maʼnoda tushunish ham deyiladi). Shu bilan birga huquqshunoslik fanida qadimdan hisoblangan va puxta ishlab chiqilgan huquqning tabiiy huquq va pozitiv huquqqa boʻlinish gʻoyasi mavjud. Pozitiv huquq davlat huquqiy ijodkorlik faoliyatining natijasi, mahsuli hisoblanadi. U davlat qabul qilgan normalarda, yaʼni qonunchilik-da, shuningdek, boshqa huquqiy manbalarda ifodalangan huquqdir. Yurispridensiyada huquq tizimi ikkiga ajratiladi: xususiy huquq va ommaviy huquq. Fuqarolik huquqi (ashyo huquqi, majburiyat huquqi, savdo huquqi, oila Hhuquqi, meros huquqi, tijorat huquqi) xususiy huquqqa tegishlidir. Ommaviy huquqqa esa davlat, moliya, jinoyat, protsessual va xalqaro huquq kiritiladi. Huquq jamiyat hayotining turli sohalari – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Yuridik nuqtai nazardan bu funksiyalarni ikki turga: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qoʻriqlovchi) funksiyalarga ajratish mumkin. Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat aʼzolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini oʻrnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy asosga qoʻyishdan, insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy aloqalarni uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Huquqning negativ funksiyasi uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy taʼsir etish yoʻnalishi boʻlib, u umumiy ahamiyatga molik iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini taʼminlashga va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi. Huquqning bu funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda aniq namoyon boʻladi. Tegishli davlat idoralari huquq sohiblari tomonidan qonun talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu ish huquq buzilishlari faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan taʼminlanadi. Huquqning nazariy masalalarini Gʻarbda, jumladan, Yevropada ijtimoiy fan soha olimlari, ayniqsa huquqshunoslari teran va izchil yoritib kelmoqdalar. Mustaqillik tufayli Oʻzbekistonda ham bu boradagi urinishlar va saʼyharakatlar, izlanish va tadqiqot ishlari birmuncha kuchaydi. Oʻzbek huquqshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan namoyandalari milliy davlatchilik tarixini, huquq va davlat umumnazariy masalalarini oʻrganish borasida milliy qadriyatlarni, ilmiy merosni zamonaviy umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu sohaga milliy istiq-lolni mustahkamlash ishining bir qismi sifatida qaramoqdalar. Xulosa Bugungi kunga kelib rivojlanishning yangi yuliga utib olgan O`zbekiston Respublikasi, mustaqillikdan keyingi yillarda juda ko`plab xalqaro tashkilotlarga, uyushmalarga a’zo bo`ldi. Bir kancha davlatlar bilan diplomatik, madaniy , iktisodiy aloqalarga kirishdi. Bo`larning hammasi , albatta, davlat va xalk manfaatlarini kuzlab amalga oshirilgan huquqiy munosabatlar edi. Huquqiy munosabatlar davlatli jamiyatga xos hodisadir.Ular davlat siyosati, hohish - irodasi bilan chambarchars bog`likdir. Huquq vositasida davlat ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi; zarur xollarda huquqiy munosabatlarni ruyobga chiqarish, muxofaza etish uchun davlatning majburlash kuchi ishga solinadi. Har qanday jamiyatda huquqiy munosabatlarning kay darajada rivojlangani usha jamiyat Fuqarolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bilan belgilanadi. Ayni paytda milliy taraqqiyotning XXI asr boshlari asosiy strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturining mohiyatini belgilashi hamda fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish yo‘lidagi ishlarimizning mazmunini ifoda etishi darkor. Bizning sharoitimizda shu kabi jihatlarni to‘g‘ri idrok etish davlat va huquqning mazmun-mohiyatini teranroq anglash imkonini beradi Mamlakatimizda hozirgi davrda huquqiy bilim va ongga, huquqiy madaniyat, ma'naviyat va ma'rifatga bo‘lgan talab va ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Huquqbuzarliklarning, huquqni kullash va boshqa yuridik ahamiyatga ega bo`lgan Harakatlarning mikdori ham jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini ko`rsatadi. Huquqiy munosabatlar, bir tomondan, jamiyat ijtimoiy va huquqiy rivojlanishining darajasi bilan belgilanadi, boshqa tomondan esa, uning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini aks ettiradi. Jamiyatda huquqiy madaniyat qay darajada kuchli bo`lsa, huquqiy muosabatlarning tartibga solinishi, ularga rioya etilishi shu qadar osonlashadi va jamiyatdagi turli munosabat qatnashchilarining bir-biri bilan to`qnashgan mafaatlari muvofiqlashadi. Mening xulosamda jamiyatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish, rivojlantirish uchun doimiy vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi huquq normalarini muntazam ishlab, ularni bu munosabatlarga bog`lab boorish zarur. Ana shundagina huquq normalari jamiyat huqiy munosabat ishtirokchilari manfaatlariga hizmat qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, men ham yuqorida o`z fikrlarini bildirgan L.S.YAvich, V.K.Babaev, YU.I.Grevsev va o`zimizning huquqshunos- larimizdan bo`lmish Saburov, Odilqoriyevlarning fikrlariga qo`shilaman. Chunki ular huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning bir qismi ya`ni bir turi deb hisoblaydilar. Ijtimoiy munosabatlar barcha kishilar o`rtasidagi ongli munosabatlarning mahsuli. Huquqiy munosabatlar esa ijtimoiy munosabatlarning huquq bilan tartibga solingan turi hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar ham huquq singari u buzilgan taqdirda, davlatning majburlov kuchiga tayanishi kekak. Hozirgi kunda huquqiy munosabatlarning turli xil ko`rinishlari paydo bo`lmoqda. Ularni qonunchiliklarga moslashtirib boorish lozim. Chunki, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlashmalari, davlat idoralari va boshqa yuridik shaxslar o`rtasidagi turli-tuman aloqalarni tartibga solish orqali jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga, qonun ustivorligini qaror toptirishga, shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdan uyg`unlashtirishga samarali xizmat qiladi. Download 132 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling