To`rtinchi belgi. Huquqiy munosabatlar- ixtiyoriy munosabatlardir. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun huquq normalaridan tashqari, uning qatnashchilarining ham ixtiyori zarur. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning yuzaga kelishi uchun barcha qatnashchilarning ixtiyori zarur. Masalan, nikox, uqilishi uchun ikki tomonning roziligi kerak, Haridor va sotuvchi kelishsagina oldi-sotdi bo`ladi va xokazo. YAna shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning yuzaga kelishi uchun subyektlardan birining ixtiyori yetarli. Masalan, huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi kuzgatilishi.
Beshinchi belgi. Huquqiy munosabatlar- davlat tomonidan himoya qilinadigan munosabatlardir. Davlat yuridik normalar talablarini bajarishni ta’minlagan holda, shu normalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlarni ham himoya qiladi. Davlat tomonidan himoya qilinadigan huquqiy munosabatlar Har qanday jamiyat qonunchiligining asosini tashkil etadi. Huquqiy munosabatlarni ko`pgina asoslarga ko`ra, har xil turlarga bo`lish mumkin5.
Huquqiy munosabatlarni quyidagi turlarga bo`lish maqsadga muvofiqdir:
Tartibga soluvchi va muxofaza qiluvchi huquqiy munosabatlar.
Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar subyektlarning qonunga muvofiq xatti-Harakatlari, ya’ni qonun asosida yuzaga keladigan va ularga to`liq mos keluvchi xatti-harakatlardir. Bunday huquqiy munosabatlar qonunchilik mohiyatini, uning asosini tashkil etadi, ularning mavjudligi va rivojidan jamiyat manfaatdor bo`ladi. Qonuniy asosda yuz beradigan konstitutsiyaviy, mulkiy, hodim, oila, nikox, qonunchilik munosabatlari va boshqa huquqiy munosabatlarning hammasi huquqiy tartibga solingan munosabatlardir.
Muxofaza qiluvchi huquqiy munosabatlar subyektlarning qonuniy xatti-harakatlari oqibatida, bu xatti-harakatlarga jamiyat, davlat va boshqa fuqarolarning aks ta’siridir. Muxofaza qiluvchi huquqiy munosabatlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarning normal tartibini himoya qilish, huquqbuzarni jazolashdir. Muxofaza qilish munosabatlari doirasida, javobgar, uz xatti-harakati bilan yetkazilgan zararni qoplaydi, huquqbuzarga jarima solinadi, jinoyatchi jinoiy javobgarlikka tortiladi, hukm qilinganlar jazo muddatini o`taydi va x.k.
Umuman, jinoyat huquqi muhofaza qilish soxasidir. Biroq, muhofaza qilish munosabatlari huquqning boshqa tarmoqlari, shu jumladan konstitutsiyaviy hodim va boshqa huquq tarmoqlari ko`rsatmalariga ko`ra vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |