Xususiyatlari va rivojlanish omillari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
Rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi.
Hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Oxirgi paytlarga qadar kambag‗allik, asosan daromadning borligi yoki yo‗qligi nuqtayi nazaridan qarab kelingan. Ammo kambag‗allik daromadning yoki qabul etilgan kaloriyalarning kamligiga qaranda g‗oyat keng ko‗lamdagi tushunchadir. 26 Bu – uzoq, sog‗lom va ongli hayot kechirish hamda yaxshi turmush darajasi, qadr-qimmat, g‗urur va o‗zgalarni ham qadrlash darajisiga erishish uchun keng ko‗lamda zarur bo‗ladigan imkoniyatlar va tanlash huquqidan maxrumlik demakdir. Yer kurrasining, pana-pastkamlarda, omonat boshpanalarda, noqonuniy kirib olgan kulbalarda, eng kam ijara haqi to‗lanadigan uylarda, salomatlik borasida bir olam muammolari mavjud dunyo aholisining katta qismi o‗z hayot tarzini yaxshilash imkoniga ega bo‗lmagan holda kambag‗allik iskanjasida yashamoqdalar. Eng rivojlangan davlatlar va uchinchi dunyo davlatlari o‗rtasidagi rivojlanishda va yashash sharoitida o‗sib borayotgan farq muammosi yechimini topmayapti. Tinchlik va qurolsizlanish muammosi. XX asrning eng asosiy hodisalaridan bo‗lmish ikki qutbli tizimni yo‗qolganidan so‗ng ko‗pchilik endi dunyoda faqat tinchlik bo‗ladi, eng asosiy qarama - qarshi kuchga barham berildi deb hisoblagan edi. Urush va tinchlik muammosi XX asrning ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo‗lib kelgan. Albatta bizning asosiy maqsadimiz yerda tinchlikni saqlash, insoniyat uchun qaytarib bo‗lmas kulfatlar keltiruvchi turli ziddiyatlarni oldini olish, geosiyosiy tenglik va barqarorlik muammolarini hal etishdir. Insoniyatning shu vaqtgacha ortirgan harbiy potensiali yerdagi barcha tiriklikni bir necha marta yo‗q qilish imkonini beradi, shu sababli bunday xolatlarga javobgarlik va mas‘uliyat hukumat va davlat boshliqlariga tegishlidir. BMTning ma‘lumotlariga qaraganda, har bir daqiqada dunyoda 30 ga yaqin bola to‗yib ovqat yemaslik, ochlik va bedavo kasallar tufayli hayotdan ko‗z yumadi. Huddi shu muddat mobaynida harbiy maqsadlarga 1,7 mln. AQSH dollar xarajat qilinadi. Ko‗plab mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun o‗zi yetishmay turgan resurslarni harbiy xarajatlar yana ham qisqartirib yubormoqda. Qurollanish poygasining iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlari borasida quyidagi ayrim raqamlarni keltirish mumkin: bitta askarni o‗qitish xarajatlari 80 bolani o‗qitish xarajtlariga teng; 27 bitta bombani ishlab chiqishga ketgan xarajatlar chechak kasalligini 10 yil bartaraf etishga ketadigan xarajatga teng; bortida yadro raketasi bo‗lgan bitta suvosti kemasini qurishga ketgan mablag‗ga 450 ming uy qurish mumkin 15 . Ma‘lumki, odatdagi va o‗qotar qurollar bilan birga XX asrda yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollar ham keng tarqala boshladi. Yadro qurollari. 1945 yilning avgustidan, jahon yadro urushlari davriga kirishi bilan dunyo butunlay o‗zgarib ketdi. Yadroviy qurollarni keng ko‗lamda taqiqlash to‗g‗risidagi shartnoma yadroviy qurolsizlanish va yadro qurollarini tarqatmaslik uchun kurash tarixida muhim bosqich hisoblanadi. Kimyoviy, bakteriologik qurollar ham yadro qurollari singari o‗lim sochishi va vayronagarchiliklar keltirishi mumkin. Kimyoviy va biologik qurollar ham, yadro quroli singari ommaviy qirg‗in qurollari deb hisoblanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling