Xvi-bob. Amaliy mashg’ulotlar


Mustaqil hisoblash uchun masalalar


Download 207.33 Kb.
bet10/13
Sana08.09.2023
Hajmi207.33 Kb.
#1674367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
XVI-BOB. AMALIY MASHG’ULOTLAR

Mustaqil hisoblash uchun masalalar

  1. Katalitik reaksiyaning kinetik sohada aniqlangan aktivlanish energiyasi 96 kJ/mol bo’lsa shu reaksiyaning ishlab chiqarishdagi aktivlanish energiyasini aniqlang?

  2. Geterogen reaksiyaning 2000S da tezlik konstantasi 44 s-1 ga teng. Uning ishlab chiqarishda aktivlanish energiyasi 41 kj/mol bo’lsa shu reaksiyaning 3000S dagi tezlik konstantasini aniqlang?

  3. Geterogen reaksiyaning 2500S da tezlik konstantasi 37 s-1 ga teng. Uning ishlab chiqarishda aniqlangan aktivlanish energiyasi 32 kj/mol bo’lsa, sirtdan foydalanish darajasini 0,2 qabul qilib, shu reaksiyaning 3000S dagi haqiqiy tezlik konstantasini aniqlang?

  4. Geterogen katalitik reaksiyaning haqiqiy tezlik konstantasi 5,77 s-1 ga teng. Reaksiyaning unumi 90% ni tashkil etsa, shu reaksiyada reagentning katalizator bilan kontakt vaqtini aniqlang?

  5. Geterogen katalitik reaksiyada, katalizator sirtidan foydalanish darajasi 0,3 ga, reaksiya 3000S dagi tezlik konstantasi 57,7 s-1 ga teng. Reaksiyaning unimi 90% ni tashkil etsa, shu reaksiyada reagentning katalizator bilan kontakt vaqtini aniqlang?

  6. Xomashyoni geterogen katalitik jarayonga uzatilish tezligi G=1000 m3/soat. Uning katalizator bilan kontakt vaqti 0,782 s bo’lsa, reaktorga yuklanadigan katalizator hajmini aniqlang?

  7. Riforming jarayoniga zichligi 780 kg/m3 bo’lgan past oktanli benzin soatiga 1200 kg uzatilmoqda. Uning katalizator bilan kontakt vaqti 0,828 s bo’lsa, riforming reaktoriga yuklangan katalizator hajmini aniqlang?



16.5. Katalizatorlarning faolligini hisoblash
Katalizator faolligi (Bk) katalizator ishtirokida reaksiyaning nisbiy tezlanishi bo’lib, quyidagi tenglamalar (16.10 va 16.11) bilan ifodalanadi:
Bk=V1/V (16.10) Bk=k1/k (16.11)
bu yerda: V1va V reaksiyaning katalizator ishtirokida va katalizatorsiz holatdagi tezligi; k1, k-mos ravishdagi reaksiyalarning tezlik doimiysi).
Katalizatorlarni taqqoslashda ularning solishtirma faolligidan foydalaniladi. Gomogen katalizda sirt faolligi o’rniga katalizatorning birlik konsentratsiyasiga keltirilgan reaksiya tezligi, geterogen katalizda esa berilgan haroratda katalizator sirt birligiga mos keluvchi reaksiya tezligi qo’llaniladi.
Arrenius tenglamasiga asosan tezlik doimiysi quyidagicha ifodalanadi:
(16.12),
Bundan kelib chiqib Bk ni quyidagicha ifodalash mumkin:
Bk=exp (Ea/RT) (16.13)
Bu tenglama yordamida Ea ning katalizator ishtirokida va katalizatorsiz reaksiya uchun qiymatini bilgan holda Bk ni hisoblash mumkin.

Download 207.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling