Xviii bob. Bank inqirozlari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul va banklar darslik 2019 -361-371
XVIII BOB. BANK INQIROZLARI 18.1. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari Har qanday inqiroz shuningdek, bank inqirozi ham iqtisodiy jarayonlaming buzilishi natijasida yuzaga keladi. U milliy daromadlami yo‘qotilishi natijasida iqtisodiy va moliyaviy mexanizm funksiyalarini samarali amal qilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bank tizimi istalgan iqtisodiyotning pul, moliya, kredit tizimlarining bir qismi hisoblanib, unda inqirozlar ichki va tashqi omillar yoki boshqa tizimlar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mablaglari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklaming likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bogliqdir. Omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlaming bunday harakati banklar likvidlilik holatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlami sotishga majbur boladi. Agarda mavjud siyosatni o'zgartirish orqali bank inqirozlarining oldi olinmasa, ular tizimli hamda tashqi omillar ta’siri ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan holi emas. Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklaming tolov qobiliyatiga ega bolmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo ‘qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida yo‘qotishlaming mayjud bolishi, odatda noho'sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki aralashuvi) va firibgarliklar bilan bogliqdir. Shuningdek, mazkur qarashlarning aksariyati iqtisodiyot 360 tamoyillaridagi o‘zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi. Bank inqirozlarining makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib chiqishi nobarqaror makroiqtisodiy siyosat, global moliyaviy shart-sharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash mexanizmiga oid muammolarga bogliq. Haddan ortiq pul- kredit ekspansionistik siyosati va fiksal siyosat kredit inqirozini, qarzlami haddan ortiq ko'p jalb qilish va real aktivlarga investitsiyalami safarbar qilish bank aktivlari sifatining pasayishiga olib keladi. Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida kredit inqirozlari va aktivlar narxi bilan bogliq pufak (ко‘pik)laming vujudga kelishini ko'rsatib otadilar .85 Bu kabi makroiqtisodiy tanglikni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatish mumkin. Iqtisodi yoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa muddatli xorijiy valyutadagi qarzlami jalb qilish orqali valyuta kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va xalqaro savdo shartlarining o'zgarishi natijasida yuqori kredit riskini vujudga keltiradi. Misol uchun, 1980 yillarda G‘arb mamlakatlari banklari Lotin Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy o'sishni ta’minlash va joriy operatsiyalar bo'yicha defitsitni qoplash maqsadida katta miqdorda qarzlar (AQSh dollaridajni ajratadi. Katta miqdordagi xorijiy mablaglaming oqib kelishi qarzdor mamlakatlarda real amalmashuv kursining keskin oshishiga olib kelib, bir qancha qarzdorlaming defolt holatiga kelishiga sabab boldi. Natijada mazkur inqiroz 800 mlrd. AQSh dollaridagi umumiy qarz mablaglarining 250 mlrd. AQSh dollaridan voz kechish orqali yakun topdi. Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar orqali yaqqolroq yoritib olishga harakat qilamiz. 85 Reinhart, Carmen M , and Kenneth S. R og o ff. 2009. The aftermath o f financial crises. A m encan Econom ic R e v ie w 99. N.2: 466-472. 361 Haddan ortiq kredit ekspansiyast Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti bo'yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ulaming monitoringini yuritish bilan bogliq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Axnerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin. InflyatsiycL Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo'nalishlar doirasida ta’sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg'arishga bolgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o'zgarishlami keltirish mumkin. Shuningdek, bunday holatda bank passivlariga nisbatan (monand bolmagan) uzoq muddatli aktivlarga ega bolgan bir qator moliyaviy institutlar qiyin ahvolga tushib qoladilar. Mamlakatda o'rtacha narxlar darajasi oshib borayotgan bir sharoitda banklar depozit bazasi mustahkamligini ta’minlash maqsadida depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirishga majbur boladilar. Agarda aktiv operatsiyalar bo'yicha daromadlilik darajasini oshirish cheklangan bolsa, u holda bank foydasining keskin tushib ketishi kuzatiladi. Aksariyat mamlakatlar tajribasida o'rtacha narxlar darajasining yuqori o'sish sur’atlari mavjud sharoitda banklar kredit shartnomalari muddatlarini qisqartirishga intiladilar. Banklaming fundamental funksiyalaridan biri bu joriy jamg'armalami uzoq muddatli investitsiyalarga aylantirishdan iborat. Kredit shartnomalari bo'yicha muddatlaming qisqarishi iqtisodiy konyunkturadagi tebranishlarda banklami himoyasiz qilib, bank barqarorligini zaiflashtiradi. Tovar, moliyaviy a k tiv la r n a rxla ri va fo iz stavkalarining keskin tebranisht Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit 362 spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlaming asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan. Bank tizimida inqirozlar vujudga kelishining tashqi iqtisodiy omillariga to'xtalib otadigan bolsak, 1980 yillar boshlarida rivojlanayotgan mamlakatlarda bank inqirozlari neft va boshqa asosiy eksport tovarlari narxining tushib ketishi bilan bogliqdir. Shuningdek, bank inqirozlarini keltirib chiqarishda Ronald Reygan ma’muriyatining qat’iy inflyatsiyaga qarshi siyosati sharoitida G‘arb mamlakatlari tomonidan tashqi qarzlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha foiz stavkalarining keskin oshishi ham muhim rol o'ynadi. Foiz stavkalarining keskin oshishi va milliy valyutalaming keskin devalvatsiyasi banklar tolovga layoqatsizligining kelib chiqishiga sabab boldi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling