Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi
Download 351.75 Kb.
|
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy” kinofilmidan
- Sen Yetim emassan”
Kino musiqasi
Mavzu rejasi: 1. O‘zbekistonda kino san’atining paydo bo‘lishi. 2. Ilk ovozsiz o‘zbek filmlari va ularning musiqiy bezalishi. Ovozli o‘zbek badiiy kinofilmlari. 3. O‘zbek badiiy kinofilmlarni yaratishda respublika kompozitorlarining xizmati. 4. O‘zbek telefilmlari uchun bastalangan musiqa. Multiplikatsion kinofilmlarga yozilgan musiqa. Hujjatli kinofilmlar uchun yaratilgan musiqa. O‘zbek musiqasi tarixida o‘ziga xos va eng qiziqarli janr sifatida keng quloch yozgan janr – kino musiqasi hisoblanadi. Uning tarixiga nazar solar ekanmiz, dastlabki kinofilmlar “ovozsiz” (1930-yillarning 2-yarmigacha) hamda ikki bosqichdan iborat “ovozli” bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Ilk ovozsiz filmlarda asosan, ijrochilar (yakka sozanda-pianinochi yoki ansambl) tomonidan tanlangan yoki badiha tarzida ijod qilingan musiqiy namunalardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, “ovozli kino”larda, odatda, har bir film uchun maxsus musiqa yozilib, ba’zan mavjud musiqa asarlaridan ham foydalanilgan. Kino musiqasi kinofilm mazmuni bilan uzviy bog‘liq holda, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini, dramatik holatlar, ziddiyatlarni badiiy ifodalashga yordam beradi. O‘zbekistonda dastlabki kinematografik mahsulotlar 1897-yildan amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, mazkur filmlar ovozsiz, shunchaki tomoshabin zerikmasligi uchun biror kuy tanlash asosida namoyish etilardi. O‘zbek badiiy kinosi shakllanib kelayotgan ilk davrda (1927-yilda) A.Fitrat o‘zining "San’atning manbai (kelib chiqishi)" nomli maqolasida kino oltita qadimiy ajoyib (raqs, musiqa, adabiyot, rang-tasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik) sanatlarning samarali mevasidir"[1] deb yozgan edi. Kino o‘zining shakllanish bosqichida bir-biriga yaqin san’atlardan tajribalarni singdirib olganligi bois, qisqa vaqt ichida chinakam san’atga aylanishiga, an’anaviy san’atlar bilan bir safda turishiga imkon yaratildi. O‘zbekistonda ilk film namoyishi, dastlab 1897-yil o‘tkazilgan. Ilk bor o‘zbek milliy urf-odatlar, xalq mehnati, uning tashvish va quvonchlarini o‘z lavhalarida yorqin va to‘g‘ri ifoda etgan kinooperator Xudoybergan Devonovdir. 1919-yilda Respublika Xalq maorifi komissarligi qoshida kino bo‘limi tashkil topgan. 1923-yilda esa bo‘lim o‘rniga maxsus Turkiston Davlat kino tashkiloti (“Turkgoskino”) yuzaga kelgan. 1924-yilga kelib, O‘rta Osiyoda birinchi kino tashkilot “Buxkino” tashkil bo‘ldi. Bir yildan so‘ng “Buxkino”, “Turkgoskino” bilan birlashtirilib, “O‘zbek Davlat kino” tresti (“O‘zbekgoskino”), uning qoshida esa “Sharq yulduzi” kino fabrikasi tashkil etildi. Yurtimizda kino uchun maxsus musiqa yozish 1920 – yillardan boshlangan va 2-yarmidan boshlab milliy kino asta-sekin o‘zining asosiy an’analarini shakllantira bordi va boshqa san’at turlari qatoridan munosib o‘rin oldi. “Mirzacho‘ldagi paxta”, “Moy ishlab chiqarish sanoati”, “Bezgak kasaliga qarshi kurash”, “Tabiat va sog‘liq”, “O‘zbekiston ayoli”, “Eski shaharlar”, “O‘zbekistonda xalq sayli” kabi ilk ovozsiz filmlar ishlandi. “Paxtaorol” (1925, rej. A.Shcherbakov), “Baxt –quyoshi” (1926, rej.V. Krivstov) badiiy filmlari xalq orasida katta muvaffaqiyat qozondi. 1927-yil “Ikkinchi xotin” (rej. M.Doronin), “Ravot qashqirlari” (rej. K.Gertel) kabi filmlar ishlandi[2]. O‘zbek kino musiqasi Brusilovskiy, Stepanov, A.Kozlovskiy, R.Glier kabi kompozitorlar ijodiyotida shakllana boshladi. Ular kinoda qo‘llanilgan musiqalarni tanlashda asosan o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlaridan hamda o‘zbek bastakorlari ijodiga tayanganlar. Jumladan, o‘zbek kinofilmlariga ilk marotaba musiqa yozgan V.Uspenskiy musiqiy folklor namunalarini filmlarda keng qo‘llagan. Uning 1927-yil rejissyor N.G‘aniev tomonidan suratga olingan “Ravot qashqirlari” ovozsiz filmi uchun yozgan musiqasida 6 ta o‘zbek xalq kuylari ”Qarinavo”, “Sobirjon”, “Ilg‘or”, “Nasrulloi”, “Zarkokil”, “Dilrabo”lardan foydalangan[3]. 30-yillarga kelib kino sohasida iqtidorli milliy kadrlar yetishib chiqdi. M.Qayumov, X.Sulaymonov, A.Rahimov, T.Zohidov, A.Rahmonov, A.Saidov shular jumlasidan. “Avliyoning qizi” (rej. O.Frelix), “So‘nggi bek” (rej. Ch.Sabinskiy), “Yuksalish”, “Ramazon” (rej. N.G‘aniyev), “Ulim qudug‘i” (rej. N.Klado), “Qilich” (rej. I.A’zamov), “Yigit” (rej. N.G‘aniyev) singari ovozli filmlar ishlandi. Ovozsiz kino davrida o‘zbek kinosining shakllanishi va rivoj topishiga rus rejissyor va aktyorlari bilan birga N.G’aniyev, K.Yormatov, R.Pirmuhamedov, S.Xo’jayev, E.Hamroyev, Y.A’zamov, M.Qayumov kabi yetishib chiqqan yosh milliy kino san’ati vakillari ham salmoqli hissa qo‘shdi. O‘zbek kinematografchilari orttirgan tajriba, suratga olish texnikasining takomillashuvi ovozli kinoga o‘tishga zamin bo‘lib xizmat qildi. 1937-yil yaratilgan birinchi o‘zbek ovozli “Qasam” (rej. A.Usoltsev) badiiy filmi madaniy hayotda muhim voqea bo‘ldi. “Qasam” filmida ilk bor chuqur va hayotiy yoritilgan ayol obrazi berilgan. Film musiqali sahnalar, qo‘shiqlarga boy bo‘lib, bosh rolni H.Nosirova ijro etgan. Mazkur film musiqasini yaratishda kompozitor A.Knyazevskiy kompilyatsiya uslubidan foydalanib, maishiy xalq kuylarini kiritgan.
T.Jalilov, M.Ashrafiy, T.Sodiqovlar bilan birgalikda ish olib borishdi. Ular o‘zaro fikr almashib, o‘zbek kinomusiqasini yangi qirralarini kashf etishdi. Jumladan: Muxtor Ashrafiy va Boris Arapovlar hamkorligidagi “Nasriddin Buxoroda” filmlari o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlaridan hamda o‘zbek bastakorlari ijodidan o‘nlab iqtiboslarga tayanilgan holda ommaga taqdim etildi; R.Glier hamda T.Sodiqovning “Alisher Navoiy” kinofilmi ham o‘zgacha taassurotlarga ega. Kinofilmni kompozitorlar “Cho‘li Iroq” musiqasi bilan ochib berishgan.
“Farzandlar” (1959, rej. Z.Sobitov), “Mahallada duv-duv gap” filmlarida o‘zbek xalqining o‘tmishi va keyingi hayoti aks etdi. Ushbu yillarda buyuk kino kompozitorlari M.Burhonov, M.Leviyev, S.Yudakov, I.Akbarov, D.Zokirov, D.Soatqulov, G.Sobitovlar samarali ijod qildilar. Musiqashunos N.Yanov-Yanovskaya o‘zining ilmiy tadqiqotlarida, kinomusiqada bir qator musiqiy uslublar qaror topganligini ta’kidlab o‘tadi. Ular quyidagilardan iborat: Tasviriy (illyustrativ) kino musiqa; Umumlashtiruvchi kino musiqa; Syujetli kino musiqa; Kompilyativ kino musiqa; Real sinxronli kino musiqa; Konrastli-kontrapunkt kino va h.k. Kinoda ishlatilgan musiqa ikki reja asosida qo‘llaniladi: Kadr ichidagi (“realistic” realistik) musiqa va Kadr ortidagi (“function” funkstional) musiqa[4]. 60-yillarda kino ishlab chiqarish avj oldi, moddiy baza mustahkamlandi. Filmlarning janr va mavzui sezilarli darajada kengaydi. 70- yillar kinosi turli janr va materiallarni qamrab olishi, mazmunan teranligi, qiziqarli mavzularda ishlanishi bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. 80-yillarga kelib, o‘zbek kino aktyorlarining nufuzli avlodi shakllandi. Kinomusiqa ijodiyotida R.Vildanov, F.Yanov-Yanovskiy, H.Raximov, A.Malaxov, E.Salixov, Sh.Ramazonov, T.Qurbonov, S.Jalil, B.Umidjonov, E.Shiryayev, E.Artemev, M.Mahmudov kabi kompozitorlar samarali faoliyat olib bordilar. Ushbu kompozitorlarning barchasi ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan zamonaviy o‘zbek professional musiqa san’atining rivojlanishiga barakali hissa qo‘shganlar. Musiqa o‘ta muhim o‘ringa ega o‘zbek kino komediyalari 50-yillarning oxiri, 60-yillarning boshlarida yuzaga keldi: “Maftuningman” (Ikrom Akbarov, Mutal Burhonov, Manas Leviyevlar musiqasi 1958 y.), “Mahallada duv-duv gap” (Manas Leviyev musiqasi, 1960y.). 1960 – 70 yillarda o‘zbek filmlari uchun musiqa yaratuvchilar doirasi sezilarli darajada kengaydi:
Download 351.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling