Yakuniy nazorat bilet №1 1normal formadan 2normal formaga o’tish qanday amalga oshiriladi? Misollar keltiring
Relyatsion algebraning asosiy operatorlari?
Download 0.73 Mb.
|
MBB yakuniy nazorat (2) (Автосохраненный)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. SQL so’rovlar tili, ma’lumotlar bilan ishlash (manipulyasiyalash).
- 5. SQL tilining agregat funsiyalari.
3. Relyatsion algebraning asosiy operatorlari?
Relyatsion algebrada quyidagi 8 ta operator keng ishlatiladi. Ulardan 4tasi an’anaviy to’plamlar ustidagi amallar kiradi. An’anaviy (qabul qilingan) amallarga quyidagilar kiradi. 1 Birlashtirish 2 Kesishuv 3 Ayirma 4 Dekart ko`paytma Maxsus amallarga esa quyidagilari kiradi. 1 Tanlash (seleksiya) 2 Proeksiya 3 Qo`shish 4 Bo`lish 4. SQL so’rovlar tili, ma’lumotlar bilan ishlash (manipulyasiyalash). SQL tilida jadvalga ma’lumotlar kiritish uchun, ularni o‘zgartirish va olib tashlash uchun ma’lumotlar bilan manipulatsiya qilish (DML) tilining uchta komandasi mo‘ljallangan. Bular INSERT (qo‘shish), UPDATE (yangilash), DELETE (o’chirish) komandalaridir. INSERT komandasi (buyrug‘i) jadvalga yangi satr qo‘shishni amalga oshiradi. Sodda holda uning ko’rinishi quyidagicha: INSERT INTO Bunday yozuvda VALUES kalit so‘zidan keyin qavs ichida ko’rsatilgan qiymatlar jadvaldagi yangi qo‘shilgan satrning maydonlariga kiritiladi. Kiritish jadvalini CREATE TABLE operatori bilan yaratilish vaqtidagi ustunlarni ko’rsatilgan tartibda amalga oshirilad Jadvaldagi satrlarni olib tashlash uchun DELETE komandasi ishlatiladi UPDATE komandasi jadval satrlari yoki mavjud satrni ba’zi bir yoki barcha maydonlarining qiymatini o‘zgartirish imkonini beradi: UPDATE universitet SET rating=200 WHERE city= 'Xorazm'; UPDATE komandasi faqat 1 ta ustun emas, balki ustunlar to‘plamini o‘zgartirish imkonini beradi. Qiymatlarni modifikatsiya (takomillashtirilgan) qilinishi zarur bo’lgan aniq ustunlarni ko’rsatish uchun, SET parametri ishlatiladi. 5. SQL tilining agregat funsiyalari. Agregat (yoki STATIK) funksiyalar, sonli yoki hisoblanuvchi ustunlar Bilan ishlaydi. Agregat funksiya argumenti butun ustun bo‘lib, bita qiymat qaytaradi. Bu funksiyalarni ko‘rib chiqamiz: SUM() – Ustundagi hamma qiymatlar summasini hisoblaydi. AVG() – Ustundagi hamma qiymatlar o‘rtasi qiymatini hisoblaydi. MIN() – Ustundagi hamma qiymatlar eng kichigini aniqlaydi. MAX() – Ustundagi hamma qiymatlar eng kattasini aniqlaydi. COUNT() – Ustundagi qiymatlar sonini hisoblaydi. COUNT(*) – So‘rov natijalari jadvalidagi satrlar sonini hisoblaydi. Agregatlash argumenti bo‘lib, ustun nomidan tashqari ixtiyoriy matematik ifoda xizmat qilishi mumkin. Misol uchun quyidagi so‘rovda: sizni kompaniyangizda reja bajarilishi o‘rtacha protsenti qancha? SELECT AVG(100 * (SALES/QUOTA)) FROM SALESREPS Bu holda ustun nomi ma‘noliroq, lekin bu asosiysi emas. Ustunlar summasini hisoblab ko‘ramiz. SUM() funksiyasini qo‘llaymiz, ustun sonli bo‘lishi kerak. Masalan, quyidagicha: kompaniya xizmatchilari sotuvlar hajmi rejadagi va xaqiqiy o‘rta qiymati qanchaga teng? SELECT SUM(QUOTA), SUM(SALES) FROM SALESREPS AVG() agregatlash funksiyasiga yana bir necha sodda misollarni ko‘ramiz. Masalan: "ACI" ishlab chiqaruvchi mollari o‘rtacha narxini hisoblang. SELECT AVG(PRICE) FROM PRODUCTS WHERE MFR_ID = 'ACI' Ekstremumlarni topish funksiyalari yani MIN(), MAX() funksiyalarini ko‘ramiz.Bu funksiyalar sonli ustunlar, sanalar va satrli o‘zgaruvchilar bilan ishlaydi. Eng soda qo‘llanishi sonlar bilan ishlash. Masalan quyidagi so‘rov beramiz: eng ko‘p va kam sotuvlar rejadagi hajmi? SELECT MIN(QUOTA), MAX(QUOTA) FROM SALESREPS Satrlar bilan ishlaganda har xil SQL serverlardagi kodirovkalar har xil natija berishi mumkin. Yozuvlar sonini sanash uchun COUNT() qo‘llanadi. Bu funksiya son qiymat qaytaradi. Masalan: Kompaniyamiz mijozlari soni nechta? SELECT COUNT(CUST_NUM) FROM CUSTOMERS COUNT(*) funksiyasi qiymatlar sonini emas, satrlar sonini hisoblaydi. Quyidagicha yozish mumkin: SELECT COUNT(*) FROM ORDERS WHERE AMOUNT > 250 Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling