Yakuniy nazorat javoblari. Traektoriya deb


Download 59.7 Kb.
bet4/9
Sana14.02.2023
Hajmi59.7 Kb.
#1197464
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblari.

Turbulent oqim (lot. turbulentus — joʻshqin, tartibsiz) — turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik (gaz) oqimi (qarang Turbulentlik). Turbulent oqimda suyuqlik (gaz) ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boʻylab tartibsiz, beqaror harakat qiladi. Bunda oqimdagi har bir nuqta tezligi vaqt utishi bilan oʻzgaradi va pulsatsiya (jadal) tusida boʻladi. Bosimda ham pulsatsion oʻzgarish roʻy beradi, siqilayotgan suyuqlikning zichligi esa oʻzgaradi. Jadal tartibsiz aralashuv tufayli Turbulent oqim yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalar (mas., yonish)ni tez tarqatish, tovush va elektromagnit toʻlqinlarni sochish, shuningdek, impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega. Bunda Turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jism (zarra, toʻlqin)lar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli kattagina energiya yoʻqotishlari sodir boʻladi. Turbulent oqim davrida harakat qilayotgan suyuqlikning ayrim massalari intensiv ravishda aralashib turadi.
Koʻpchilik atm. hodisalari va jarayonlari — atmosfera bilan sirt orasidagi energiya almashinuvida, issiqlik va namlikning koʻchishida, Yer sirti va havzalardagi bugʻlanishlarda, atm.dagi iflosliklar diffuziyasida, dengizda shamol toʻlqinlari va shamol oqimlarining vujudga kelishida, atm. da qisqa radiotoʻlqinlarning sochilishi kabi hollarda atm.ning turbulentligi katta rol oʻynaydi.
Reynolds soni — statsionar oqayotgan bir qancha suyuqlik (gaz) lar oqimlarining oʻxshashlik mezonlaridan biri; suyuklik kinetik energiyasini ishqalanish kuchini yengishdagi bajarilgan ishga nisbatini ifodalaydigan oʻlchamsiz kattalik. Reynolds soni suyuklikning inersiya va ichki ishqalanish kuchlari orasidagi munosabatni aniqlaydi. Koʻpgina hollarda statsionar oqayotgan suyukliklar uchun Reynolds soni bir xil qiymatga ega boʻlsa, bunday suyukliklar gidromexanik oʻxshash suyuqliklarni tashkil etadi. Gidrodinamik oʻxshash suyuqliklarda oqim tasnifi ham, albatta, bir xil boʻladi. Bu qonundan kemasozlik va samolyotsozlik sanoatida keng foydalaniladi. Kema va samolyotlar asl nusxasini sinovdan oʻtkazish oʻrniga ularning kattaliklari bir necha marta kichraytirilgan modellarni sinovdan oʻtkazib tegishli xulosa chikariladi. Ingliz fizigi va muhandisi O. Reynolde (1842—1912) sharafiga qoʻyilgan

Download 59.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling