Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI OREOLLAR


Download 42.52 Kb.
bet10/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

20. BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI OREOLLARFoydali qazilma uyumlari va ularning parchalanish mahsulotlaridan hosil boʻlgan anomaliyalar "tarqalish oreollari" deb ataladi. Ular tub togʻ jinslarida, boʻshoq jinslarda, tuproqlarda (litogeokimyoviy oreol), suvlarda (gidrogeokimyoviy oreol), oʻsimliklarda (biogeokimyoviy oreol), tuproq havolarida (atmogeokimyoviy oreol) keng rivojlanadi.Tarqalish oreollari paydo boʻlishiga qarab birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi tarqalishi oreollari foydali qazilmalar paydo boʻlgan togʻ jinslarida foydali qazilmalar bilan bir vaqtda (bir davrda) paydo boʻladi. Masalan, galenit, sfalerit, magnenit, xalkopiritdan tashkil topgan qoʻrgʻoshin-rux konlaridagi birlamchi tarqalish oreollarida qoʻrgʻoshin, rux, margimush, mis va boshqa elementlarning yuqori miqdori kuzatiladi. Ikkilamchi tarqalish oreollarida esa ma’dan uyumlarining eng koʻp tarqalgan elementlarigina uchraydi.
21. QIDIRISHNING GEOKIMYOVIY USULLARIHozirgi vaqtda litogeokimyoviy, gidrogeokimyoviy, atmogeokimyoviy, biogeokimyoviy qidirish ishlari qoʻllanilmoqda. Bular orasida eng keng qoʻllaniladigani albatta – litogeokimyoviy usullar.Litogeokimyoviy qidirish usuli Bu usul tub togʻ jinsi turlaridan, boʻshoq yotqiziqlardan muntazam ravishda namuna olishga va ularda tarqalgan mikroelementlarni aniqlashga asoslangan. Namunalashni toʻrtta guruhga boʻlish mumkin. a) ikkilamchi yoyilish oreolini aniqlash maqsadida delyuvial va elyuvial yotqiziqlarni, tuproqlarni namunalash; b)mexanik va toshqin oqimining yoyilish elementini aniqlash uchun daryo va jarliklardagi allyuvial va prolyuvial yotqiziqlarni namunalash; d) elementlarning chuqurlikdagi yoyilish oreolini aniqlash uchun qoplama yotqiziqlarni namunalash; e) birlamchi geokimyoviy oreollarni aniqlash uchun har xil darajada nuragan tub togʻ jinslarini namunalash. Litokimyoviy qidirish jarayonida oʻrganilayotgan maydonlardan ma’lum oraliq boʻyicha namunalar olinadi.’Gidrogeokimyoviy qidirish usuli Bu usul yer osti va yer usti suvlarining kimyoviy tarkibini oʻrganishga asoslangan. Bu suvlar ma’dan uyumlari joylashgan joylarga tushib, ulardagi mikroelementlarni yuvadi. Gidrogeokimyoviy usul sulfidli konlarni qidirishda keng qoʻllaniladi. Chunki sulfid ma’danlarining oksidlanishi natijasida yengil eruvchan sulfat birikmalari paydo boʻladi. Bu usul radioaktiv ma’danlarni qidirishda ham keng qoʻllaniladi. Namunalar suv manbalaridan, quduqlardan, burgʻilash quduqlaridan, hovuzlardan olinadi. Namunalash toʻrining zichligi qidirish ishlari masshtabiga toʻgʻri keladi. Namuna hajmi 1 litrni tashkil qiladi. Bu namunalar kimyo-spektral yoʻl bilan tahlil qilinadi. Gidrogeokimyo usuli simob, oltin, uran, kumush, mis, molibden konlarini qidirishda keng qoʻllaniladi.Atmogeokimyoviy qidirish usuli Bu usul orqali yer qobigʻidagi yashirin ma’dan konlarini va u bilan bogʻliq holda yer yuziga chiqayotgan gazlar – karbonat angidridi, geliy, 148 radon, simob bugʻlarining atmosfera va tuproq havosidagi miqdorini aniqlash mumkin. Undan tashqari, bu usul neft va koʻmir konlarini qidirishda qoʻllaniladi. Chunki bunday foydali qazilmalar atrofida uglevodorod gazlar (ayniqsa metan) oreollari tarqalgan boʻladi. Bu gazlar koʻpaygan hududlarni aniqlash orqali neft va koʻmir konlrini qidirish mumkin.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling