23. TEXNIK VOSITALARIFQK larini qidirish va razvedka qilishda turli texnik vositalardan foydalaniladi. Texnik vosita – geologik ma’lumotlarni toʻplash uchun imkoniyat yaratib beruvchi kon lahimlari va burgʻilash quduqlari. Ularning vazifasi – tub jinslar va foydali qazilmaning iloji boricha kamroq oʻzgargan qismlarini ochib berish. Bunday texnik vositalarga quyidagilar kiradi: zakopushka (kavlama yoki chuqurcha), kanava (zovur), raschistka (tozalamalar), shurf (quduq koʻrinishidagi kon lahimi), burgʻilash qudugʻi, shtolnya, shaxta, kvershlag, shtrek, ort, rassechka (koʻndalang kesuvchi kon lahimi).
24. NAMUNALASHNING ASOSIY MAQSADIFoydali qazilma konlarini yoki ularning sun’iy uyumlarini namunalash geologiya-qidiruv ishlarining hamma bosqichlarida olib boriladi. Namunalashning maqsadi – sanoat tarmoqlarining turli mineral xomashyoga boʻlgan talablaridan kelib chiqqan holda foydali qazilma turlari, sifat va xususiyatlarini aniqlashdir. Shuning uchun namunalash razvedka qilishning asosiy usullaridan biridir. Uning natijasi esa konni baholash boʻyicha olinadigan ma’lumotning asosiy qismini tashkil etadi. Razvedka jarayonida namunalash jarayonlari eng avvalo foydali qazilma zaxirasini hisoblash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, namunalash natijalari foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasini tanlashda, qazib olish texnikasini tanlashda va qazib olish jarayonini rejalashtirishda asosiy mezonlardan biri boʻlib xizmat qiladi. Deyarli har doim qattiq foydali qazilmalarni namunalash jarayoni uch qismdan iborat boʻladi. Jarayonning birinchi qismi namuna olishdir. Namunalar foydali qazilmalarning tabiiy ochilgan yoki sun’iy ravishda ochilgan joylaridan olinadi. Namuna olinayotganda uning sifati foydali qazilma sifatini toʻgʻri aks ettiradigan boʻlishi kerak. Namunalashning ikkinchi qismi namunaga ishlov berish – birlamchi namuna yoki namunalar guruhining ogʻirligini tahlil qilish uchun kerak boʻlgan minimal miqdorga keltirishdan iboratdir. Va nihoyat, uchunchi qismi namunani tekshirishdan iboratdir
Do'stlaringiz bilan baham: |