Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


NAMUNALASH JARAYONING BOSQICHLARI


Download 42.52 Kb.
bet14/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

26. NAMUNALASH JARAYONING BOSQICHLARIDeyarli har doim qattiq foydali qazilmalarni namunalash jarayoni uch qismdan iborat boʻladi. Jarayonning birinchi qismi namuna olishdir. Namunalar foydali qazilmalarning tabiiy ochilgan yoki sun’iy ravishda ochilgan joylaridan olinadi. Namuna olinayotganda uning sifati foydali qazilma sifatini toʻgʻri aks ettiradigan boʻlishi kerak. Namunalashning ikkinchi qismi namunaga ishlov berish – birlamchi namuna yoki namunalar guruhining ogʻirligini tahlil qilish uchun kerak boʻlgan minimal miqdorga keltirishdan iboratdir. Va nihoyat, uchunchi qismi namunani tekshirishdan iboratdir. Namunani tekshirish (analiz qilish) usullari sanoat tomonidan xomashyoning sifatiga qoʻyilgan talablar asosida yoki shu paytgacha xomashyoni qayta ishlash yoki chiqitga chiqarish nuqtayi nazaridan oʻrganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi. Ba’zi hollarda tekshirishlar toʻliq holda, ya’ni xomashyoga toʻliq ishlov berish va qayta ishlash (texnologik tekshiruv) jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Boshqa hollarda 164 esa xomashyoning ba’zi xususiyatlarigina tekshiriladi. Masalan, ma’danlardagi bir yoki bir necha komponentlarning miqdori aniqlanadi. Bu tekshirishlarning koʻpchiligi muhandis geologlar vazifasiga kirmaydi va maxsus mutaxassislar tomonidan bajariladi. Shuning uchun geologning asosiy e’tibori namunalarni olish va ularga ishlov berishga qaratilgan boʻladi.
27. NAMUNA OLISH USULLARINamuna olish usullarini uch guruhga boʻlib koʻrib chiqish mumkin. Ular quyidagilardir: nuqtalar boʻyicha, chiziqli va hajmiy usullardir. Nuqtali usullar guruhiga shtuf, nuqtaviy va hovuchlab olish usullari kiradi. Chiziqli usullar guruhiga ariqcha, punktir-ariqcha, nuqtaviychiziqli, shpur, kern va shlam usullari kiradi. Hajmiy usullarga sidirib olish va butunlay toʻliq olish usullari kiradi. Geologiya-qidiruv ishlarining turli bosqichlarida sharoitga qarab namuna olishning turli usullari tanlab olinadi. Togʻ lahimlaridan namuna olish usulini tanlab olishda birinchidan, togʻ lahmi yoʻnalishi bilan foydali qazilma tanasining yoʻnalishi orasidagi munosabat, ikkinchidan, lahmni qazish texnologiyasi hisobga olinadi. Bundan tashqari, namuna olish usuli foydali qazilma turi, uning oʻzgaruvchanligi, strukturaviy-teksturaviy xususiyatlariga bogʻliqdir. Oxir oqibatda namunalash usuli foydali qazilma tanasining qanday koʻrinishda ochilganligiga bogʻliq. Namuna olish usullarini koʻrib chiqishni eng oddiy, lekin aniqligi pastroq usullardan boshlab, eng qiyin va koʻp mehnat talab qiladigan, lekin eng aniq ma’lumot beradigan usullari bilan yakunlaymiz.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling