Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


QIDIRISHNING GEOXARITALASH USULI


Download 42.52 Kb.
bet8/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

18. QIDIRISHNING GEOXARITALASH USULIGeologik xaritalash usuli. Qidirish bosqichida olib boriladigan geologik xaritalash ishlari hududning geologik-geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uch xil yoʻl bilan olib boriladi: geologik qirqimlar tuzish; marshrutlar boʻyicha nuqtalar orqali qidirish; togʻ lahimlarini oʻtish va ularni hujjatlashtirish. Bu uchta yoʻldan qay birini tanlab olishda asosiy e’tibor hududning tub togʻ jinslari qay daraja toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplanganligiga qaratiladi. Tub togʻ jinslari ochiq va qisman ochiq 132 hududlarda qirqimlar tuzish yoki marshrutlar oʻtish yoʻli qoʻllanilsa, yopiq hududlarda togʻ lahimlari oʻtish qoʻllaniladi. Bu jarayonda oʻrganiladigan maydonning litologik kesim turlariga, tarqalish qonuniyatlariga, togʻ jinslari kontaktlariga, magmatik jinslarning xususiyatlariga, har xil foydali qazilmalarning qidirish mezonlari va belgilariga, oʻzgargan togʻ jinslari maydonlariga, burma, uzilma va ularning rivojlanish va yotish elementlariga, togʻ jinslarining mineralogik tarkibi, tekstura va struktura xususiyatlariga e’tibor berilishi lozim (58-rasm). Amalda geologiya xaritalarini tahlil qilish yoʻli bilan u yoki bu foydali qazilmalarga istiqbollari yuqori boʻlgan maydonlarni ajratish, qidirish ishining kelajak yoʻnalishini va usulini aniqlash mumkin (59-rasm). Kompleks qidirish ishlari jarayonida har xil masshtabli geologik xaritalash ishlari oʻtqaziladi va natijada geologik, geomorfologik, gidrogeologik, tektonik va boshqa xaritalar tuziladi. Ayrim aniq foydali qazilmalar uchun oʻtqaziladigan qidirish ishlari natijasida maxsus geologik, geomorfologik, gidrogeologik, struktura xaritalari tuziladi. Bu xaritalarda qidirish mezonlari va belgilari oʻz aksini topadi.1:50000 masshtabdagi davlat geologik xaritalash ishlari. Bu bosqichdagi ishlar qidirish bosqichidan oldin bajarilishi tufayli uning asosiy vazifasiga foydali qazilmalarni qidirish kirmaydi, lekin har qanday xaritash ishlarining bajarilish tamoyillari oʻxshash boʻlganligi uchun qidirishning ba’zi vazifalari yoʻl-yoʻlakay bajarilishi mumkin. Shuning uchun geologik xaritalash usulini ta’riflash mavzusida 1:50000 masshtabdagi davlat geologik xaritalash ishlarining asosiy vazifalarini ochib berish oʻrinli boʻladi.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling