Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING GEOLOGIK ASOSLARI
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. QIDIRISH MEZONLARI
- 9.STRATIGRAFIK MAZON
7.QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING GEOLOGIK ASOSLARIFoydali qazilma (ma’dan) va foydali qazilma koni oʻz mohiyatiga koʻra geologik jismlardir. Ularning paydo boʻlishi va joylashishi geologik qonuniyatlarga boʻysunadi. Shuning uchun ularni bilish va ulardan qidirish va razvedka jarayonida foydalanish «FQKlarini qidirish va razvedka qilish»ning geologik asosini tashkil etadi. Geologik jarayonlar juda koʻp holatlar, sharoitlar, vaziyatlar va sabablarga bogʻliq boʻlgan koʻp faktorli jarayonlardir. Bu jarayonlarda turli minerallar, qamrovchi jinslar, strukturalar va boshqa geologik obyektlar ishtirok etadi. Bular haqidagi ma’lumotlarni turli geologik fanlar oʻrgatadi. Bu fanlardan toʻplangan bilimlar va koʻnikmalarning barchasi qidirish uchun qoʻllanilishi lozim, chunki ular qidirishning geologik asoslarini tashkil etadi va ularni qidirish mezonlari va qidirish belgilari sifatida ishlatamiz. Qidirish va bashoratlashning geologik asoslari boʻlib Qidirish mezonlari va qidirish belgilari xizmat qiladi. Foydali qazilma konining u yoki bu turini topish imkoniyati borligini koʻrsatuvchi har qanday geologik bilimlar qidirish mezonlari hisoblanadi. Foydali qazilma borligidan yoki bor boʻlishi mumkinligidan darak beruvchi dalillar qidirish belgilari deyiladi
8. QIDIRISH MEZONLARIFoydali qazilma konining u yoki bu turini topish imkoniyati borligini koʻrsatuvchi har qanday geologik bilimlar qidirish mezonlari hisoblanadi.Amalda geologik bilimlarni jamlovchi turli geologik fanlarga mos tarzda quyidagi qidirish mezonlarini ajratish mumkin: iqlim, stratigrafiya, fatsiallitologiya, magmatogen, struktura-tektonik, mineral-geokimyoviy, metamorfogen, geomorfologik, gidrogeologik, geofizik va boshqa mezonlarni ajratish mumkin. 9.STRATIGRAFIK MAZONShu oʻrinda “stratigrafiya” atamasining ma’nosini eslatib oʻtish oʻrinlidir. Bu atama ikkita lotincha soʻz “stratos” – qatlam va “grafos” – yozaman yoki tasvirlayman tushunchalaridan tuzilgan boʻlib, qatlamlarni ta’riflash sohasi sifatida tushuniladi. Bu mezonning mazmuni shundan iboratki, muayyan hududlarda ma’lum bir foydali qazilmalarning ma’lum bir stratigrafik qatlamlarda joylashish qonuniyati mavjuddir. Bu qonuniyatlardan biz stratigrafik mezon sifatida foydalanishimiz mumkin. Koʻpchilik hollarda bunday qonuniyatlar hududiy xarakterga egadir, ya’ni bu qonuniyatlar faqatgina ma’lum hududlar chegarasida amal qiladi. Demak, bu mezondan foydalanishimiz hududiy jihatdan chegaralangan boʻladi. Bu mezon choʻkindi va nurash zonasi (qoldiq) konlarini qidirish va bashoratlash uchun muhim ahamiyatga egadir. Endogen konlar uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻlib, konlar joylashish uchun qulay gorizontlarda toʻplanganda, ba’zi stratigrafik qatlamlarning ekran vazifasini bajarishi va shunga oʻxshash hollarda amal qiladi. Qamrovchi jinslar bilan singenetik (bir vaqtda hosil boʻlgan) boʻlmagan hollarda stratigrafik mezonning ahamiyati yanada ham kamayib ketadi. Stratigrafik mezon koʻmir, yonuvchi slanes, galogenid tuzlar, fosforit, temir, marganes, aluminiy kabi choʻkindi konlar uchun katta 53 ahamiyatga ega. Bu konlarning paydo boʻlishi choʻkindi toʻplanishi bilan bir vaqtda sodir boʻladi. Demak, - ular ma’lum bir stratigrafik qatlam bilan bogʻliq . Koʻpgina foydali qazilmalarning paydo boʻlish tarixini oʻrganish orqali yer poʻstining vujudga kelish jarayonida ular uchun juda qulay davrlar aniqlangan. Masalan: temir zaxirasining 90% dan ortigʻi dokembriy davrida sodir boʻlgan jarayonlar bilan bogʻliq. Demak, ularni dokembriy davri yotqiziqlarida qidirish lozim. Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling