Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING IQTISODIY ASOSLARI
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. QIDIRISHNING MATEMATIK ASOSLARI
5.QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING IQTISODIY ASOSLARIQidirish va razvedka qilish avvalambor «foydali qazilma»ni «boʻsh jins»dan ajratishni oʻrganishdan boshlanadi. Bu ikki tushuncha geologik-iqtisodiy kategoriyalar (tushunchalar)dir. Bularning ikkalasi ham aslida togʻ jinsidir. Togʻ jinsi esa bu – geologik tushuncha. Toza iqtisodiy tushunchalarga «xomashyo», «kapital qoʻyilma», «rentabellik» kabi tushunchalar kiradi. Qidirish va razvedka qilish jarayonida kon boʻyicha toʻplanadigan ma’lumotlarning koʻpchiligi «geologik-iqtisodiy» tushunchalar sirasiga kiradi. Chunki har bir kon oʻziga xos geologik-sanoatbop parametrlarga (GSP) ega. Bunday parametrlar: yotish sharoitlari va chuqurligi; ma’dan tanalari va ochiladigan jinslarning qalinligi; ma’dansiz qatlamlarning qalinligi va holati; mineralogik tarkibi, foydali va zararli komponentlar miqdori; ma’danlar va qamrovchi jinslarning turgʻunligi; suv kelish miqdori va h.k. Muayyan kondagi konkret GSPlar yigʻindisi konning umumiy iqtisodiy koʻrsatkichlarini belgilab beradi. Sanoat uchun konlarni texnik jihatdan imkoniyatli va iqtisodiy jihatdan manfaatli oʻzlashtirishni ta’minlovchi GSPlarning chegaraviy miqdorlari (konditsiyalari)ni bilish muhimdir. Pirovard natijada ana shu GSP boʻyicha foydali qazilma chegaralanib, uning zaxirasi hisoblanadi.Konlarning iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha tasniflanishi Konlarning iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha tasniflanishida tasniflovchi belgi sifatida turli GSPlarning koʻrsatkichlari qoʻllanilishi mumkin. Bular orasida eng asosiylari quyidagilardir: • foydali qazilma uyumlarining qalinligi; • foydali qazilma sifati; • foydali qazilmaning yotish sharoitlari; • qamrovchi jinslar kesimining barqarorligi; • konni qazib olish sharoitlari; • foydali qazilma uyumlari tarkibining barqarorligi; • konning kattaligi; • konning geologik-sanoat turi
6. QIDIRISHNING MATEMATIK ASOSLARIGeologiya-qidiruv ishlari jarayonida olingan ma’lumotlar juda katta bazani hosil qiladi. Bu baza minglab sonlardan iborat boʻladi. Olingan ma’lumotlarning har biri tekshirilayotgan obyektning ma’lum bir nuqtasiga tegishlidir. Bu nuqtalarning har biri aniq koordinatlarga egadir. Ana shu koordinatlarga ulardan olingan ma’lumotlar, ya’ni analiz natijalari «bogʻlab» qoʻyiladi. Ana shu «sonlar massivi» yoki «ma’lumotlar bazasi» zaxira hisoblash uchun ishlatiladi. Bu hisobkitoblar esa matematika qoidalari boʻyicha bajarilishi kerak. Aks holda hisoblangan zaxira notoʻgʻri boʻladi. Shu paytda asosiy bajariladigan matematik amallarga yuzani hisoblash, hajmni hisoblash, massani hisoblash, koʻplab alohida koʻrsatkichlar boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichlarni hisoblash kabi amallarni kiritish mumkin. Bu matematik amallarni bajarishda albatta matematika qonunlarini toʻgʻri qoʻllash talab etiladi. Geologik qonuniyatlar ehtimollik xarakteriga egadir. Bu qonuniyatlarni aniqlash geologik va geofizik uslublardan tashqari matematik asoslanishni ham talab etadi. Shuning uchun geologik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblashda, ayniqsa ularning oʻrtacha miqdorlarini hisoblashda matematikaning «ehtimollar nazariyasi» qoidalarini qoʻllash talab etiladi. Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling