Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. MAGAMTIK MEZON
10. LITOLOGIK MEZONLitologiya – petrografiya fanining boʻlimi sifatida choʻkindi jinslarning xususiyatlarini oʻrganadigan fan hisoblanadi. Fatsiya soʻzining ma’nosi esa choʻkindi jinslarning hosil boʻlish sharoitlarini ifodalaydigan umumlashtiruvchi tushunchadir. Fatsial-litologiya mezoni ayrim foydali qazilma konlarining ma’lum bir fatsiya yoki choʻkindi togʻ jinslarining turlari bilan bogʻliqligiga asoslangan. Bunday bogʻliqlik shu turdagi konlarni bashoratlash va ularni qidirish uchun mezon boʻlib xizmat qiladi. Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, bu mezon birinchi navbatda choʻkindi hosil boʻlish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan konlarni qidirish va bashoratlashda oʻrinli boʻladi. Bunday mezonlar temir va marganes ma’danli gorizontlarni va ular bilan bogʻliq boʻlgan opoka, spongalit, yashma konlarini aniqlashda foydalaniladi. Masalan, dengiz fatsiyasi bilan bogʻliq temir ma’danli qatlamlar boʻlaklarida asosan oolitlar, organika qoldiqlari uchraydi, sementlarida esa gematit, shamozit, sideritlar uchraydi. Marganes-oolitli bunday ma’danlar esa sanoat ahamiyatiga egadir. Shu bogʻliqlikni fatsial-litologik mezon sifatida ishlatish mumkin. Koʻmir qatlamlari asosan mayda chaqiq terrigen materiallardan tashkil topgan yotqiziqlar orasida joylashgan boʻladi. Bunday yotqiziqlar rivojlangan hududlar koʻmir uchun ijobiy baho beradigan mezon boʻladi. Bunga nisbatan aksincha, odatda kesimda yirik chaqiq jinslarning (konglomeratning) boʻlishi koʻmirli maydonlarni baholashda salbiy mezon hisoblanadi.Litologik mezon neft va gaz konlarini qidirish va bashoratlashda ham juda muhim rol oʻynaydi. Chunki neft va gaz uyumlari oʻz boʻshliqlarida neftni va gazni yigʻib olish qobiliyatiga ega boʻlgan gʻovak jinslar – kollektorlarda uchraydi. Bu gʻovak jinslarning boʻshliqlari neftni saqlovchi rezervuar vazifasini bajaradi. Bunday jinslarga qum, gʻovak qumtosh va darzlangan ohaktoshlar kiradi. Demak, choʻkindi
11. MAGAMTIK MEZONMagmatogen mezonlarga foydali qazilmalarning magmatik jinslar bilan bogʻliqligini koʻrsatuvchi hamma geologik omillar kiradi. Endogen konlar magmatik jinslarning ma’lum bir fazasi bilan fazoviy va genetik bogʻliq boʻladi. Ayrim magmatik jinslar turlarining parchalanishi natijasida choʻkindi va nurash konlari paydo boʻlishi mumkin. Endogen konlarining magmatik jinslar bilan bogʻliqligi turli darajada va koʻrinishda kuzatilishi mumkin: 1) bogʻliqlik yaqqol koʻrinadi (magmatik jins bilan FQ bir xil tarkibga ega va FQ magmatik jinsning ichida joylashgan); 2) magma bilan FQ bogʻliqligi ehtimoli juda katta (masalan pegmatitlar va karbonatitlar); 3) magmatizm va FQ bogʻliqligi (ehtimoli bor deb) faraz qilinadi; 4) FQ manbai qayerdaligi noma’lum va bogʻliqlik yoʻq darajada hisoblanadi.Endogen konlarning magmatik jarayon bilan bogʻliqligini koʻrsatuvchi asosiy belgilar sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: – birgalikda hosil boʻlish; – hosil boʻlishning bir xil fatsial-chuqurlik sharoitlari; – muayyan tarkibli magmatik jinslarning ma’lum bir konlar bilan birga uchrashi; – ma’lum bir konlarning magmatik daykalar bilan bogʻliqligi; 66 – konlarning intruziv massivlarga nisbatan ma’lum bir fazoviy qonuniyatlar asosida joylashishi; – magmatik jinslarning oʻziga xos geokimyoviy belgilari. Asos va oʻtaasos (peredotit, dunit, piroksenit) jinslarda xrom, platina, titan, olmos, mis, nikel, asbest, talk konlari uchraydi. Bu guruh jinslarning nurashi natijasida ikkilamchi nikel, kobalt, platina, olmos sochilma konlari paydo boʻladi Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling