Yakuniy nazоrat savоllari


Quyosh sistеmasi jismlarigacha bo’lgan masоfalarni aniqlash


Download 338.44 Kb.
bet15/30
Sana21.06.2023
Hajmi338.44 Kb.
#1640596
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
1-30 (2)

20. Quyosh sistеmasi jismlarigacha bo’lgan masоfalarni aniqlash.

Rasmda keltirilgan planetaning r radiusini aniqlash uchun bu planetaning parallaksi p0to'g'ri burchakli uchburchak OEP dan (32- rasm):



21. Astrоnоmiyada uzunlik o’lchоv birliklari

Astronomiyada uzunlikni xalqaro sistemada qabul qilingan birlikda (metrlarda) ifodalash har doim ham qulay bo‘lmay, katta qiyinchiliklar bilan kechadi. Shuning uchun ham astronomiyada uzunlik, uning mavjud birliklaridan tashqari yana quyidagi maxsus birliklar bilan ham o'lchanadi:


1. Astronomik birlik (a.b.) — Quyoshdan Yergacha bo'lgan o'rtacha masofa =149,6 million kilometrga teng. Bu birlikdan, asosan, Quyosh sistemasidagi osmon jismlarigacha (planetalar, kometalar, Oy va boshqalar) bo'lgan masofalarni ifodalashda foydalaniladi.
2. Yorug'lik yili (yo.y.) — yorug'likning bir yilda o'tgan yo'li
bilan xarakterlanadi. Bunday uzunlikni kilometrlarda ifodalash uchun bir yilda qancha sekund borligi topilib, so'ngra uni yorug'lik tezligiga (3 • 105 km/s) ko'paytiriladi. Ma’lumki, 1 yildagi sekundlarning miqdori 365,2422 • 24 • 3600 s bo'ladi. Bu yerda 365,2422 — bir yildagi kunlarning sonini, 24 — bir kundagi soatlar sonini, 3600 esa har soatdagi sekundlar sonini bildiradi. Bu sonlarni o'zaro ko'paytirib, 1 yorug'lik yili (1 yo.y.) 9,46 • 1012 km ga tengligini aniqlaymiz. Topilgan natijani 149,6 mln km ga bo'lsak, 1 yo.y. ning astronomic birliklardagi qiymatini topamiz. U 63240 a.b. ga teng chiqadi. 3. Parsek (pk) — ≪parallaks≫ va ≪sekund≫ so'zlaridan olingan bo'lib, yillik parallaksi 1" ga teng bo'lgan yoritgichgacha masofani ifodalaydi:
lpk = 3,26 yo.y. = 206265 a.b. = 30,86 ■ 1012 km.
Odatda, uzunlikning yorug'lik yili parsek, kiloparsek (1000 pk) va megaparsek (Mp k= 106 pk) birliklari, Quyosh sistemasidan tashqaridagi osmon jismlarigacha (yulduzlar, yulduz to'dalari, tumanliklar va hokazo) masofalarni, shuningdek, tashqi galaktikalar, galaktik to'dalarning o'lchamlarini va ularning orasidagi masofalarni o'lchashda ishlatiladi.



Download 338.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling