Yalpi talab va yalpi taklif modelida makroiqtisodiy muvozanat


O‘zbekiston ichki bozorida Yalpi talab(AD) va yalpi taklif(AS) muvozanati


Download 261.99 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi261.99 Kb.
#1512881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ortiqboyev NUrmuhammad kurs ishi восстановлен

4. O‘zbekiston ichki bozorida Yalpi talab(AD) va yalpi taklif(AS) muvozanati

Narxlaming muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak. ' » Birinchi jami talab egri chizig‘i va jami taklif egri chizig‘ining oraliq kesmada mos kelishini ko‘rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda Re va Qe lar bilan belgilangan. Nima uchun Re narxlaming muvozanatli darajasi va Qe milliy ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko‘rsatishimiz uchun narxlar darajasi Re bilan emas, balki Ri bilan ko‘rsatilgan. Jami taklif egri chizig‘i ko‘rsatayaptiki, narxlar darajasi Ri bo‘lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Qi miqdoridan oshirmaydi. Iste’molchilar bunday hajmdagi mahsulotlarni Ri darajada sotib olishga tayyor turadi. Iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat narxlar darajasini Re gacha suradi. 5.4-chizmadagi strelkaning ko‘rsatishicha, narxlar darajasining Ri dan Re gacha ko‘tarilishi ishlab chiqarish hajmini Qi dan Qe gacha oshirishga va iste’molchilaming iste’molini Q2 dan Qe gacha kamaytirishga olib keladi.


Baxolar darajasi P1 bo`lgan vaziyatda ishlab chikaruvchilar yalpi ishlab chikarish xajmini Y 1 mikdoridan oshirmaydi.
Iste`molchilar baxolar darajasi P1 bo`lganda maxsulotlarni Y 2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo`lganligi tufayli iste`molchilar
o`rtasidagi rakobat baxolar darajasini Pe gacha suradi. Baxolar darajasining P1 dan Pe gacha ko`tarilishi ishlab chikarish xajmini Y 1 dan Y e gacha oshirishga va iste`molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziklari e nuktada kesishadi. Demak, aynan Re baxo baxolarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuktasidir.

5-rasm. Jami taklif egri chizigining oraliq kesmadagi muvozanat.

YaIM (yalpi ichki mahsulot) ma'lum bir davrda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha tayyor mahsulotlar va xizmatlarning pul qiymatiga asoslangan iqtisodiyot hajmini o'lchaydi. Shunday qilib, YaIM yalpi taklifdir. Yalpi talab ma'lum bir davr mobaynida har qanday ma'lum narx darajasida ushbu tovarlar va xizmatlarga umumiy talabni ifodalaydi. Yalpi talab oxir-oqibat yalpi ichki mahsulotga (YaIM) teng bo'ladi, chunki ikkita ko'rsatkich bir xil tarzda hisoblanadi. Natijada yalpi talab va YaIM birgalikda ortadi yoki kamayadi.4



O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.


O‘zbekistonda 2022 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 888,34 trln so‘mga yetdi, deb xabar berdi prezident huzuridagi Statistika agentligi.
2021 yil darajasiga nisbatan real o‘sish sur’ati 5,7 foizni tashkil etdi. YAIMda sanoat mahsulotlarining ulushi 484,7 trln so‘mga (+5,2 foiz), xizmatlar ko‘rsatish — 343,3 trln so‘mga (+8,5 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar — 60,3 trln so‘mgacha oshdi4
6-rasm.MDH mamlakatlarning YAIM dagi osish suratlari
O‘rtacha kurs bo‘yicha AQSh dollarida hisoblanganda nominal YAIM 80,38 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 11,18 mlrd dollarga ko‘p.
Aholi jon boshiga YAIM real ko‘rinishda 3,5 foizga — 21,15 mln so‘mdan 24,91 mln so‘mga (2254,9 dollar) o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 5,3 foizga, 2020 yilda pandemiya yilida esa 0,1 foizga o‘sish qayd etilgan.

Yuqoridagi malumotlarni tahlil qilib shuni ko’rish mumkinki Yalpi talab(AD) teng bo’ladi Real YaIM ga va ular ham bir hil usulllarda topiladi.


Haqiqatda Yalpi talab bu jami istemolchilar ehtiyoji deb olsak albatta uni qondirish maqsadida unga mos ravishda real YaIM ishlab chiqarilgan boladi.
7-rasm. AD va AS muvozanatga kelish grafigi




Download 261.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling