Yangi davlat talablari
Download 37.91 Kb.
|
davlat talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- talab
I bo‘lim. Umumiy bo‘lim
I bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: talab — biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan talablar majmui; indikator — bolaning ko‘z bilan ko‘rishi va o‘lchashi mumkin bo‘ladigan ko‘nikma va malakalari ko‘rsatkichi. 2. Davlat talablari maktabgacha ta’lim tizimida, shuningdek har bir oilada 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash, rivojlantirish, maktabga samarali tayyorlash hamda unga ta’lim berishda qo‘llanilishi majburiydir. 3. Davlat talablari asosida: bolaning bilim, ko‘nikma va malaka mezonlari hamda ularning o‘sish dinamikasi va rivojlanish holatlari aniqlanadi; bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab boriladi; bolaning individual rivojlanishi ta’minlanadi; kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi hamda ota-onalarning bola rivojlanishiga oid ko‘nikma va malakalari belgilanadi. 4. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalari tomonidan qo‘llanilishi shart: davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha ta’lim olayotgan bolalar guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari; xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi sho’balari; kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi fakultetlari; maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar. 5. Davlat talablarining maqsadi: maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga asosan yo‘lga qo‘yish; sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash; ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish; sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish; bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish; bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash; bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash. 6. Davlat talablarining vazifalari: bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvni ta’minlash; maktabgacha ta’lim metodikasini tubdan yaxshilash; ta’lim-tarbiya berishning o‘quv dasturlarini yaratish; maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirish; maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish; ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; bolalarning rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida ota-onalarga ko‘maklashish; maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirish. 7. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish va rivojlantirish talablari quyidagi prinsiplarga asoslangan holda ishlab chiqiladi: jinsi, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, dini, ijtimoiy ehtiyojlari va madaniy mansubligi, salomatligi va alohida ehtiyojlaridan qat’i nazar, barcha bolalarning ta’lim tizimida teng imkoniyatliligi; ta’lim olish jarayonida turli xil o‘yinlardan foydalanish; ota-onalar va tarbiyachilarning hamkorligi. 8. Davlat talablari quyidagi yosh guruhlari bo‘yicha bo‘linadi: tug‘ilgandan boshlab 6 oygacha; 6 oydan 1 yoshgacha; 1 yoshdan 2 yoshgacha; 2 yoshdan 3 yoshgacha; 3 yoshdan 5 yoshgacha; 5 yoshdan 7 yoshgacha. 9. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish dasturi talablarini bajarish vositalari hisoblanadi: mustaqillik; ijodkorlik; tashabbuskorlik; o‘zi va atrofdagilarga nisbatan mas’uliyatni his qilish; o‘zaro hurmat; tolerant xatti-harakat; vatanparvarlik; do‘stlik va hamjihatlik; jamiyat va davlatga nisbatan hurmat hissi. Download 37.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling