Yangi davlat talablari
III bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari
Download 37.91 Kb.
|
davlat talablari
III bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari
27. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari: fikrlash — ko‘rgazmali-harakatli tafakkur; nutq — nutqni tushunish va uzuq-yuluq ovozlar; ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira; fiziologik sezgirlik — katta yoshdagilarning ta’siriga nisbatan yuqori sezgirlik; bilish obyektlari — atrofidagi predmetlar va o‘zidan katta yoshdagilar; bilish usullari — sezish (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish); muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — bolaga nisbatan mehribon bo‘lish va muloqot qilish; muloqot yuritish shakli — bevosita hissiy muloqot; tengdoshlari bilan munosabatlar — qiziqish mavjud emas; katta yoshdagilar bilan munosabatlar — fiziologik va himoyalanish ehtiyojlarini qondirish manbai; nizolar mavjudligi — tengdoshlari bilan; his-hayajonlar — ekspressiv imo-ishoralar orqali; o‘yin faoliyati — turli predmetlarni o‘ynaydi. 28. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari: fikrlash — ko‘rgazmali-harakatli tafakkur; nutq — so‘z birikmalari va fe’llarni tushunadi; ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira; fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik; bilish obyektlari — turli predmetlar va ularning ichki tuzilishi; bilish usullari — predmetlardan turli maqsadlarda foydalanish, ularni qismlarga ajratish va yig‘ish; muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — rivojlantiruvchi muhitning turli-tumanligi bolaga nisbatan mehribon bo‘lish va muloqot qilish; muloqot yuritish shakli — vaziyatli shaxsiy muloqot; tengdoshlari bilan munosabatlar — qiziqish kam; katta yoshdagilar bilan munosabatlar — himoyalanish, erkalanish va yordam berish manbai; nizolar mavjudligi — katta yoshdagilar bilan (“men — o‘zim” tamoyili); his-hayajonlar — kuchli his-tuyg‘uli, keskin o‘zgarishlar; o‘yin faoliyati — turli predmetlarni o‘ynaydi, shuningdek tengdoshlari bilan o‘ynaydi. 29. 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari: fikrlash — ko‘rgazmali-obrazli tafakkur; nutq — ravon nutq shakllanadi va sifatlarni tushuna boshlaydi; ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira; fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik; bilish obyektlari — predmetlar, ularning xususiyatlari va vazifalari; bilish usullari — tajriba qilish va konstruksiya yaratish; muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — rivojlantiruvchi muhit va katta yoshdagilar bilan hamkorlik munosabatlari; muloqot yuritish shakli — vaziyatli amaliy; tengdoshlari bilan munosabatlar — qiziqish kam; katta yoshdagilar bilan munosabatlar — faoliyat usullarini tanlashga yordam berish manbai hamda o‘yin va ijod bo‘yicha sherik; nizolar mavjudligi — katta yoshdagilar bilan (“men — o‘zim” tamoyili); his-hayajonlar — kuchli his-tuyg‘uli, keskin o‘zgarishlar; o‘yin faoliyati — katta yoshdagilar bilan sherik bo‘lib, o‘yinchoqlarni esa, mustaqil o‘ynaydi. 30. 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari: fikrlash — ko‘rgazmali-obrazli tafakkur; nutq — faol nutq shakllanishi yakunlanadi, fikrlarni bayon etish; ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira, shuningdek o‘yin vaqtida ixtiyoriy ravishda eslab qolish rivojlanadi; fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan sezgirlik kamayadi; bilish obyektlari — bevosita idrok etilmaydigan predmetlar va hodisalar; bilish usullari — katta yoshdagilarning hikoyalari va tajriba qilish; muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash; muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari muloqot; tengdoshlari bilan munosabatlar — voqeaga boy bo‘lgan o‘yinlarda sherik sifatida qiziqarli kechadi; katta yoshdagilar bilan munosabatlar — axborot olish manbai; nizolar mavjudligi — mavjud emas; his-hayajonlar — yanada ravon va o‘zini nazorat qilishga urinadi; o‘yin faoliyati — tengdoshlari bilan jamoaviy va rolga kirishgan holda o‘ynaydi, o‘yinli vaziyatlarni ijro qiladi. 31. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari: fikrlash — ko‘rgazmali-obrazli tafakkur, tasvirli-sxemali jarayon shakllana boshlaydi; nutq — nutqni rejalashtirish malakasi shakllanadi; ixtiyoriy bilish jarayoni — maqsadga yo‘naltirilgan eslab qolish qobiliyati rivojlanadi; fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan sezgirlik kamayadi; bilish obyektlari — bevosita idrok etilmaydigan predmetlar va hodisalar, axloqiy normalar; bilish usullari — katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot qilish, mustaqil faoliyat, tajriba qilish; muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash; muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari muloqot va uddaburonlik; tengdoshlari bilan munosabatlar — o‘yinlarda sherik sifatida unga qiziqish chuqurlashadi hamda muloqot yuritishda moyillik sezadi; katta yoshdagilar bilan munosabatlar — axborot olish manbai va suhbatdosh; nizolar mavjudligi — mavjud emas; his-hayajonlar — mo‘tadil darajadagi his-tuyg‘u, yuqori kayfiyat ustun turishi; o‘yin faoliyati — o‘yin haqida fikrlari shakllanadi, shuningdek davomli o‘yinlar, birlashmalar shakllanadi. 32. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari: fikrlash — mantiqiy tafakkur ko‘rgazmali-obrazli jarayon asosida rivojlanadi; nutq — ichki nutqning rivojlanishi; ixtiyoriy bilish jarayoni — o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z fikrini jamlashga kirishadi; fiziologik sezgirlik — individual ravishda, aksariyat hollarda past darajada; bilish obyektlari — predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatli bog‘liqlik; bilish usullari — mustaqil faoliyat, bilish uchun katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot qilish; muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash, har bir ishda o‘z fikrini bildirish; muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot; tengdoshlari bilan munosabatlar — suhbatdosh va faoliyat bo‘yicha sherik; katta yoshdagilar bilan munosabatlar — hissiy ko‘mak manbai; nizolar mavjudligi — 7 yoshga kelib tanazzulga uchrash, ijtimoiy rolning o‘zgarishi; his-hayajonlar — yuqori darajadagi his-tuyg‘ularga ega bo‘lish; o‘yin faoliyati — zimmasiga olgan rolga muvofiq o‘zini tutish shakllanadi, shuningdek birgalashib o‘ynaydi. Download 37.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling