Yangi davlat talablari


Download 37.91 Kb.
bet14/14
Sana21.06.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1639791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
davlat talablari

3-§. Ijod
297. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ijod talablari hisoblanadi:
turli tovushlar va ovozlarni ajrata olish
musiqali va ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirish;
musiqiy va shovqinli tovushlarni hamda musiqiy asarning mazmunini farqlash.
298. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ijod indikatorlari hisoblanadi:
musiqa ohangining tezligiga muvofiq sekin va tez harakatlanish;
ovozli texnikadan foydalanish;
musiqa asarlarini tanlab tinglash;
tanish bo‘lgan musiqa asarlarini astoydil tinglash va ularga nisbatan emotsional munosabat bildirish;
o‘zi tinglamoqchi bo‘lgan musiqani mustaqil tanlash;
o‘zi o‘rgangan qo‘shiqdan parchalarni mustaqil kuylash;
musiqa asboblariga qiziqish bildirish va ularni chalish;
turli musiqa faoliyatlarida ishtirok etish;
mustaqil ravishda tanish va xayoliy obyektlarni chizish;
rangli bo‘yoqlar bilan rasm chizish uchun turli mo‘yqalamlardan foydalanish;
biror narsani bezatish uchun turli obyektlarning rasmini chizish;
san’at asarlari, kundalik buyumlarni diqqat bilan tomosha qilish;
kundalik buyumlarning nomini aytish va ta’riflab berish;
ko‘rgan va eshitganlarini aks ettirish;
plastilin, loydan shaklchalarni yopishtirish, yasash.
299. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolaning musiqa eshitganida raqsga tushishini rag‘batlantirish;
musiqaga qiziqish uyg‘otishga ko‘maklashish;
bola o‘z musiqasini yaratishi uchun uni tegishli materiallar bilan ta’minlash;
oddiy muammolarni ijodiy hal qilishini rag‘batlantirish;
bolaning ijod qilib naqshlar yasashi, rasm solishi va plastilin yoki loydan turli shakllar yasashi uchun uni zarur materiallar bilan ta’minlash;
bolaning har qanday yutuqlarini rag‘batlantirish, uning ijod mahsullaridan uy ko‘rgazmalarini tashkil etish.
VIII bo‘lim. Yakuniy qoida
300. Mazkur Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan.
Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling