3-§. Ijod
117. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijod talablari hisoblanadi:
turli tovush va ovozlarni ajratish qobiliyatiga ega bo‘lish;
musiqaga qiziqish bildirish, musiqiy faollik ko‘rsatish;
ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqishni namoyish etish.
118. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijod indikatorlari hisoblanadi:
turli ovozlarga (odam ovozi, musiqa, ommabop kuy) munosabat bildirish (tebranish, raqsga tushishga harakat qilish);
biror-bir asbob, tovush chiqaradigan o‘yinchoq yoki televizordagi yoqtirgan ovoziga taqlid qilish;
ruchka va markerlarni olish va har qanday yuzada rasm chizishga harakat qilish.
119. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi shakllarda mashqlar olib borish lozim:
bolaga quvnoq musiqalarni qo‘yib berish va u bilan birga raqsga tushish;
musiqaga jo‘r bo‘lib qanday chapak chalish kerakligini ko‘rsatish;
musiqa ohangiga mos tarzda qo‘l-oyoqlarni qanday harakatlantirish kerakligini ko‘rsatish;
turli ovozlarni (musiqa, suhbat, momaqaldiroq) bola bilan taqqoslash;
baland va past ovoz o‘rtasidagi farqni tushuntirish;
bolaga xavfsiz ijod qilish mumkin bo‘lgan turli predmetlarni berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |