Yangi davlat talablari
IV bo‘lim. 12 — 24 oylik bolalarning rivojlanishi
Download 37.91 Kb.
|
davlat talablari
IV bo‘lim. 12 — 24 oylik bolalarning rivojlanishi
XII bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena 1-§. Yirik motorikani rivojlantirish 120. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda yirik motorikani rivojlantirish talablari hisoblanadi: gavdasini boshqara olish (muvozanat saqlashga qodir bo‘lish); tana a’zolarini boshqara olish; maqsadli harakatlana olish. 121. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda yirik motorikaning rivojlanish indikatorlari hisoblanadi: to‘g‘ri yo‘nalishda, yo‘lakda, yotgan va qiya taxta ustidan tayanmasdan yurish; balandligi 10 sm bo‘lgan predmetning ustiga chiqish va ustidan tushish; yiqilmasdan mustaqil turish va o‘tirish; engashish va o‘yinchoqlarni olish; mustaqil ravishda orqaga bir necha qadam tashlash; katta yoshdagilarning ko‘rsatmasi bo‘yicha 3-4 ta turli harakatlarni bajarish; koptokni ko‘rsatilgan tomonga tepish; koptokni kichik balandlikdan hamda katta yoshdagilar tomon dumalatish, uni oldinga va tepaga irg‘itish; belgilangan masofadan (stol osti, halqaning ichi) emaklab o‘tish; uzunligi 1 m bo‘lgan narvonga chiqish va tushish; pol yoki yerdan 5 — 10 sm balandlikda turgan arqon, novda yoki yog‘och ustidan o‘tib keta olish; maqsadiga qarab, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish; o‘rindiq ostidan o‘yinchoqni olish uchun mustaqil ravishda tizzasiga o‘tirish va turish. 122. 12 — 24 oylik bolalar bilan quyidagi shakllarda mashqlar olib borish lozim: bola organizmining umumiy rivojlanishiga doir mashg‘ulotlar o‘tkazish; bolani aravachalar, yirik o‘yinchoq mashinalar bilan o‘ynashga o‘rgatish; bolani yugurishi, to‘g‘ri chiziqdan yugurib o‘tishi, yurishi, emaklashi, narsalarni tashlashi, irg‘itishi kerak bo‘ladigan o‘yinlarga o‘rgatish; 8 — 10 daqiqa davomida rejalashtirilgan o‘yinli mashg‘ulotlar va imkon qadar ertalab ochiq havoda jismoniy mashqlarni o‘tkazish; bolani har kuni oddiy jismoniy mashqlar elementlariga o‘rgatish; bolaning qo‘lidan ushlab turish, unga koptokni tepish, mo‘ljalga tashlashga yordam berish; boladan chetda turgan predmet yoki o‘yinchoqni olib kelishni iltimos qilish; bolaning urinishlarini rag‘batlantirish; bolaning balandroq yuzaga chiqa olishini hisobga olib, yuzaning xavfsizligini ta’minlash; bolaning motorikaga oid vazifalarning bajarishini rag‘batlantirish; bolaning yo‘liga to‘siq qo‘yib, uni aylanib o‘tib, mo‘ljallangan joygacha etib borishini rag‘batlantirish. 123. 12 — 24 oylik bolalar bo‘lgan joylarda: bolaga real xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan predmetlar bo‘lmasligi; katta yoshdagilarning nazorati ostida bo‘lishi; ruhiy jihatdan qulay muhit yaratilishi lozim. Bunda bolaning himoyalanganlik, dadillik va xavfsizlik hissi rivojlanishiga ko‘maklashish hamda zarur bo‘lgan vaqtda tarbiyachiga murojaat etishiga imkon beradigan o‘zini tutish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Download 37.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling