Yangi davlat talablari
-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash
Download 37.91 Kb.
|
davlat talablari
2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash
293. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash talablari hisoblanadi: jonli va jonsiz olamni kuzatish, ta’riflab berish; inson tana a’zolarini o‘rganish. 294. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash indikatorlari hisoblanadi: tabiat hodisalariga qiziqish bildirish, o‘simliklar va hayvonot olami to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish; hayvonlar yashaydigan turli muhitlarni (baliqlar suvda, bo‘ri esa o‘rmonda yashashini) aytib berish; tog‘, o‘rmon, dengiz, daryo singari o‘ziga xos geografik atamalarning nomlarini bilish; ayrim hayvonlar va o‘simliklar bilan bevosita muloqot qilishning xavf-xatari to‘g‘risida bilish; oddiy sabab-oqibat aloqalarini tushunish; o‘zi uchun yangi bo‘lgan narsalarni ko‘rib qolganda, uning xususiyatlarini bilib olishga urinish; xato qilish va yanglishish yo‘li bilan amaliy vazifalarning yechimini topishga harakat qilish; o‘yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, katta yoshdagilar mehnatiga taqlid qilish; o‘zining mustaqil dalillarini keltirib, voqealarni muhokama qilish; yo‘lda harakatlanish va ko‘chada o‘zini tutishning elementar qoidalarini bilish; odamning bir necha organlari va ularning xususiyatlarini bilish; odam va hayvon o‘rtasidagi bir necha farqlanuvchi va umumiy jihatlarni aytib berish. 295. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: jonli va jonsiz tabiat obyektlari bilan tajriba o‘tkazish uchun imkoniyat yaratish; bolani turli hayvonlar, o‘simliklar, geografik atamalar to‘g‘risidagi suhbatlarga jalb qilish; bolaning jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish uchun kitoblar, rasmlar, maxsus teleko‘rsatuvlardan foydalanish; bolaning sabzavot va mevalar tarkibida mavjud bo‘lgan vitaminlar, uy hayvonlarining roli to‘g‘risida so‘zlab berishini rag‘batlantirish; bolaning faoliyatiga katta yoshdagilar ishtirokida hayvonlar va o‘simliklarni parvarishlashni kiritish; bolaning kundalik faoliyatida mustaqil ravishda davomli kuzatishlarni tashkil qilish; bolaning turli tahlil etish vositalari yordamida (ko‘zlarini yumib, qo‘llari bilan paypaslab ko‘rish orqali) buyumlarni o‘rganishini rag‘batlantirish; bayramlarni birgalikda nishonlash, ko‘ngilochar tadbirlar, tabiatga ekskursiyalarni tashkil etish; bolaga odamning tuzilishi to‘g‘risidagi turli rasmlarni taklif qilish; bolaga jonli tabiatni kuzatish va solishtirishga imkon berish, bolaning hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi tafovutlarni topishini rag‘batlantirish; bolaga tana a’zolarining nomi, joylashuvi va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish. 296. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning xavfsiz yashashi va harakatlanishi uchun quyidagilarga rioya qilish lozim: ekskursiyalar va boshqa tadbirlarda bolalarni albatta kuzatib yurish; bolaning haddan ortiq hayajonlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning o‘rganish va tajriba qilish istagini qo‘llab-quvvatlash; bolaga ko‘chada notanish odamlar bilan uchrashganda, uyda bir o‘zi qolganda, daydi hayvonlar uchraganda o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirish; bolaning kompyuter oldida 10 — 15 daqiqadan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaga zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishga ruxsat bermaslik. Download 37.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling