2-§. O‘qish va savod malakalarini egallash
105. 6 — 12 oylik bolalarning bosma materiallar, harflar va ramzlarga qiziqish bildirishi hamda yozish ko‘nikmalarini o‘rganishi ularda o‘qish va savod malakalari rivojlanishining talablari hisoblanadi.
106. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda o‘qish va savod malakalari indikatorlari hisoblanadi:
chiroyli rasmlar bilan bezatilgan kitobni tomosha qilish va o‘qishga qiziqish bildirish;
kitoblar, yorliqlar, ko‘chadagi plakatlarga nisbatan qiziqish bildirish;
qalam yoki ruchkani ushlash va qog‘ozda, devorda, doskada uzuq-yuluq chizgilarni chizishga harakat qilish;
ingichka uchli ruchka bilan qog‘oz parchasida nuqtalar chizish;
rasm solingan yoki yozuvi bor qog‘oz parchasini boshqalarga ko‘rsatish.
107. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni bajarib turish lozim:
chiroyli rasmlari bor kitobni taklif etish, undagi rasmlarni tomosha qilishni rag‘batlantirish;
kitoblar va boshqa bosma materiallarni berish, ulardagi belgilar va so‘zlarni ko‘rsatish;
bola uchun qog‘oz va yozuv qurollarini tayyorlab qo‘yish;
yozuv qurollari berish, qog‘ozga chizishni rag‘batlantirish;
bola harakatlarini rivojlantirishi uchun barmoqlaridan foydalanishini rag‘batlantirish;
yozuvli yoki yozuvsiz turli rasmlarni tomosha qilishni rag‘batlantirish.
108. 6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
kitoblar katta o‘lchamda bo‘lmasligi va gigiyena talablariga javob berishi lozim;
rasmlar bolaning yoshiga mos bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |