Yangi davlat talablari


Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik


Download 37.91 Kb.
bet7/14
Sana21.06.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1639791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
davlat talablari

Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik
1-§. Nutq
101. 6 — 12 oylik bolalarning nutqni tinglash, tushunish va muloqot yuritish qobiliyatiga egaligi ularda nutq rivojlanishining talabi hisoblanadi.
102. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda nutq indikatorlari hisoblanadi:
yangi so‘zlarga oson taqlid qilish, odamlarning ovozini tanish, o‘z ismini eshitganda javob qaytarish, buyumlarni ko‘rsatish;
bolalar qo‘shiqlari, aytishuvlari, ertaklarini, qisqa va oddiy hikoyalarni tinglash;
aytilgan obyektga qarab o‘girilish;
oddiy savollarga “ha” yoki “yo‘q” deb javob berish uchun boshini silkitish;
yo‘q” so‘zining ma’nosini bilish;
uzoq vaqt chug‘urlash;
so‘zlarning birinchi bo‘g‘inlarini hamda eng oddiy nom va so‘zlarni aytish;
katta yoshdagilar bilan muloqot qilish uchun bir xil so‘zni ishlatish.
103. 6 — 12 oylik bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:
bola bilan ko‘proq so‘zlashish, unga she’rlar, latifalar aytib berish;
parvarishlash jarayonida (ovqatlantirish, cho‘miltirish, uxlatish) u bilan gaplashish, tana a’zolari va kiyimlarining nomini aytib turish;
turli hikoyalar, ertaklar aytib berish, bola bilan rang-barang kitoblarni tomosha qilish, o‘qib berish va uning diqqat bilan tinglashini rag‘batlantirish;
hikoyalardagi muhim va ahamiyatli jihatlarga bolaning e’tiborini qaratish;
bola bilan muomalada bo‘lganda unga oddiy savollar berish va ma’nosi bo‘yicha to‘g‘ri keladigan javob qaytarishga undash;
kishi atrofida harakatlanayotganda yoki oldida o‘ynayotganda uning ketidan kuzatish, “yo‘q” deyilganda bola o‘yinini to‘xtatishi lozimligini o‘rgatish;
bolaga javoban bidirlash, uning ovozlariga taqlid qilish, uni uzoq vaqt bidirlashini rag‘batlantirish va to‘xtatmaslik;
bola aytayotgan barcha narsalarni qaytarish, u chiqarayotgan har bir tovushni rivojlantirish, unga savol berish, so‘ng unga to‘g‘ri javobni qaytarib aytish; 
bolaning talablariga ijobiy javob berish.
104. 6 — 12 oylik bolalar bilan munosabatlarda quyidagilarni inobatga olish lozim:
katta yoshdagilarning nutqi to‘g‘ri, ravon, turli ohangda bo‘lishi lozim; 
bolaning e’tiborini 1-1,5 daqiqa davomida jamlab turish mumkin.

Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling