Yangi davlat talablari


II bob. Rivojlanish sohalari va yosh guruhlar taqsimoti


Download 37.91 Kb.
bet3/14
Sana21.06.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1639791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
davlat talablari

II bob. Rivojlanish sohalari va yosh guruhlar taqsimoti
10. Bolaning rivojlanishi va ta’lim olishi quyidagi asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi:
jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik;
bilish jarayoni va atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish.
1-§. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena yo‘nalishi
11. Mazkur yo‘nalish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarini aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;
doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish;
bolalarning jismoniy rivojlanishi bo‘yicha oila bilan hamkorlik qilish;
sog‘lom turmush tarzining muhimligini tushuntirish va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish. 
12. Mazkur yo‘nalishda bolaning rivojlanish jarayonlari quyidagi bosqichlar orqali kechadi:
yirik motorikani rivojlantirish — bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon izi bo‘lib), sakrash (uzunlikka va balandlikka), zina bo‘ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o‘zining tana a’zolarini boshqarishni o‘rganadi; 
mayda motorikani rivojlantirish — bunda bola biron-bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, ochish, yopish, qirqish, bo‘lish) uchun o‘z qo‘llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo‘ladi;
sensomotorikani rivojlantirish — bunda bola o‘z harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko‘rish, eshitish, qo‘l bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi;
madaniy-gigiyenik malakalar — bunda bola o‘z sog‘ligining muhofazasiga ta’sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarni egallaydi.
13. Bola yirik motorikani rivojlantirish bosqichida:
o‘z tanasini boshqara olishi;
o‘z tana a’zolarini boshqara olishi;
bir yo‘nalishda maqsadli harakatlana olishi lozim.
14. Bola mayda motorikani rivojlantirish bosqichida:
qo‘l va barmoq harakatlarini nazorat qila olishi;
o‘yinchoq va kundalik ehtiyoj predmetlaridan foydalana olishi lozim.
15. Bola sensomotorikani rivojlantirish bosqichida o‘z xatti-harakatlarini sezish organlari yordamida boshqara olishi lozim.
16. Bola madaniy-gigiyenik malakalar bosqichida madaniy-gigiyenik malakalarga ega bo‘lishi lozim.

Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling