Yangi davrda osiyo mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlari


Xo'jaligi A) Qishloq xo'jaligi


Download 87.5 Kb.
bet7/8
Sana24.12.2022
Hajmi87.5 Kb.
#1053090
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yangi davrda Osiyo mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlari

Xo'jaligi
A) Qishloq xo'jaligi Indoneziya-agrar-industrial mamlakat Qishloq xo'jaligi Indoneziya iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i hisoblanadi Mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko'prog'i qishloq xo'jaligida band Mamlakat tabiiy kauchuk va palma yog'i ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi Indoneziya daraxt yog'ochidan yasalgan buyumlar, tamaki, choy, qahva, ziravor-dorivorlar, shuningdek, baliq va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir Mamlakatda donli ekinlardan sholi, makkajo'xori ekiladi
Chorvachilik tarmog'ida qoramolchilik, cho'chqachilik, echkichilik, qo'ychilik, yilqichilik va parrandachilik muhim o'rin tutadi
B) Sanoati Indoneziya hududining 65 foizi o'rmon bilan qoplangan bo'lib, qimmatbaho yog'och tayyorlanadi Konchilik sanoati byudjet tushumlarining ancha qismini ta'minlaydi Mamlakatda yiliga o'rtacha 576 mln barrel neft qazib olinadi Indoneziya suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda birinchi o'rinda, nikel qazib olishda to'rtinchi o'rinda qalayi qazib olishda ikkinchi o'rinda, turadi Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini iste'mol mollari: gazlama, charm buyumlar, ro'zg'orbop kimyoviy mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi Shuningdek sholi oqlash, tamaki, qand shakar, choy, yog', ip-gazlama, jun, qurilish materiallari, farmasevtika va poligrafiya, konditer korxonalari va mineral o'g'it, shina zavodlari ishlab turibdi Mamlakatda yuksak texnalogiyali tarmoqlardan kemasozlik, samolyotsozlik, neft kimyosi, avtomobil yig'ish, radioelektronika sohalari jadal rivojlanmoqda
C) Transporti Mamlakatda temir yo'llarning umumiy uzunligi 6964 km, avtomobil yo'llarining uzunligi ..9500 km ichki suv yo'llari ..579 kmni tashkil etadi Shuningdek dengiz transportining ahamiyati katta bo'lib, mamlakatda Tanjungprion (Jakarta porti), Surabaya, Palembang, Balikpapan, Ujungpan kabi yirik dengiz portlari ishlab turibdi

Tashqi iqtisodiy aloqalari Indoneziya jahoning Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni olib boradi.

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling