Aholi punktining elektr ta'minoti
Kichik loyihaning elektr ta’minoti ishlab chiqilayotganda hisobiy yuklamalar alohida elektr iste’molchilarning o‘rtacha iste’moli normalariga asoslangan kattaliklar asosida aniqlanadi. Mamlakatning deyarli butun hududida elektr tarmoqlari mavjud bo'lgan sharoitda, ularning shahar mintaqasi uchun yangi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash, elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish va kuchlanish sifatini yaxshilash uchun eng yaxshi variantni topishni o'z ichiga oladi. Loyihalash uchun dastlabki ma'lumotlar talab qilinadi: TP joylari va ularning hisoblangan yuklamari ko'rsatilgan iqlim rejasi, iqlim sharoiti, elektr ta'minoti manbalari, iste'molchilarning elektr ta'minoti ishonchliligi va kuchlanish sifati uchun talablari. Aholi punktlarining koordinatalari (x; y) Tuman sxemasi ko'rsatilgan
2. Elektr yuklamalarni hisoblash.
Turar-joy va jamoat binolarining hisobiy yuklamalari tavsiya etilgan usullar asosida aniqlanadi.
Turar-joy binolari kirishidagi elektr energiya iste’molchilarining hisobiy aktiv yuklamasi quyidagi ifoda asosida hisoblanadi:
Ph.tj.=Pkv.sol.*Σn+0,9*(Ph.l.+ΣPh.d.), kVt
bu yerda, Pkv.sol. – kvartiradagi elektr energiya iste’molchilarining solishtirma hisobiy yuklamasi, kVt/kvartira (4-ilova);
n – liniya(TP)ga ulanadigan kvartiralarining umumiy soni;
Ph.l. – liftdagi dvigatellarning hisobiy elektr yuklamasi, kVt;
ΣPh.d – bino ichidagi kuch dvigatellarining hisobiy yuklamasi (0,05 kVt/kvartira).
Lift uskunalari liniyasining hisobiy yuklamasi aniqlanadi:
Ph.l.=Kt* *Pni* +Pd.i, kVt
bu yerda, Kt – talab koeffitsienti (5-ilova);
n – liniya ta’minlaydigan lift uskunalarining soni (6-ilova);
Pni – 1ta liftning o‘rnatilgan quvvati;
NBni – elektr dvigatelning ulanish vaqti (0,6);
Pd.i – lift uskunasining elektrmagnitli tarmog’i, boshqarish apparatlari va eltish uchun elektr yuklamasi, kVt;
(4,5÷7,0 kVtli lift dvigatellari uchun Pd.i=1,5÷2,5 kVt).
Turar-joyi binolarining hisobiy yuklamasi ishlatilishi hisobiga ko‘payadi. Havoni sovutish hisobiga ortadigan qo‘shimcha hisobiy yuklama aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |