Qo‘shimcha: «Tulki va turna» multfilmini
tomosha qilishni taklif etish.
E’tiborga molik jihati: bolalarni jamoa
bo‘lib ishlashi, suhbat (dialog) olib borishi,
qahramonlar fe’lini ifodalab berishiga
ahamiyat Beriladi.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
«O‘n ikki oy» rus xalq ertagini audio tinglash
M a qs ad: nutqi rivojlanadi, e’tiborini jamlash, lug‘at boyligini oshirish, so‘z birikmalaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: audiotasma,
ertakdan olingan syujetli rasmlar, rangli
qalamlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Ertaklar - yaxshilikka etaklar» mavzusida suhbat.
2. «O‘n ikki oy» ertagini tinglash.
3. Ertak asosida savol-javoblar.
4. Lug‘at ishi.
5. Ertak qahramonlaridan birining
suratini chizish.
Qo‘shimcha: «Bu qaysi ertak qahramoni?» o‘yini
(og‘zaki tasvirlash orqali).
E’tiborga molik jihati: fikrlash va nutqning rivojlanishi.
Ilm-fan va tabiat markazi
«Kushlar uchib ketmoqda»
Maqsad: bolalar qushlarning turlari bilan,
tabiatdagi qushlarning hayot tarzini o‘rganish,
qushlarga yaxshi munosabatda bo‘lishni va ularga
nisbatan g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: AKT slaydlar, mavzuga oid rasmlar, ta’limiy o‘yin kartochkalari.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlar orqali suxbat.
2. Slayd tomosha qilish.
3. Mavzuga oid savol-javoblar.
4. Muhokama va xulosalar.
Qo‘shimcha: mavzuga mos ta’limiy o‘yin, qushlar haqida she’r yod olish, qushlar rasmini chizib do‘stlariga sovg‘a qilish taklifini berish.
E’tiborga molik jihati: bolalar o‘z his-
siyotlarini ifodalashiga va diqqat e’giboriga ahamiyat qaratiladi.
San’at markazi
«Qafasdagi qush» (rasm chizish)
Maqsad: bolalarda mo‘yqalam va bo‘yoqlar bilan
ishlash malakalari mustahkamlanadi, qog‘oz
sathini mo‘ljalga olish, ijodiy fikrlashni
o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |