Kerakli jihoz va materiallar: oq qog‘oz, rangli qog‘oz, qaychi, yelim, salfetkalar, tayyor namuna, «Qushlar uchib ketmokda» mavzusidagi rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Namuna va rasmlar asosida suhbat.
2. Jihozlarni taqsimlash, rejalashtirish.
3. Bolalar ijodi.
4. Applikatsiya ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha: «Ramka» yasashni taklif etish.
Kompozitsiyani ramkaga solish.
E’tiborga molik jihati: gigiena va hayot
muhofazasi qoidalariga rioya qilish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
Yil fasllari, tabiat ko‘rinishlari
(kartochkalar bilan ishlash)
Maqsad: bolalar bog‘lanishli nutqni faollashtirishga, gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishga, o‘z tasavvurlari va fikrlarini ifodalay olishga o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: «Tabiat ko‘rinishlari» mavzusida rasmlar, ta’limiy o‘yin, rasmli kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu bilan rasmlar asosida tanishish.
2. Suhbat va lug‘at ishi.
3. Kartochkalar bilan ishlash.
4. Mavzu asosida savol-javoblar.
Qo‘shimcha: «Faslga mos kartochkani toping»
ta’limiy o‘yin.
E’tiborga molik jihati: tahlil qilish va
hikoya tuzishiga ahamiyat Beriladi.
Ilm-fan va tabiat markazi
Tabiat injiqliklari
Maqsad: bolalarning tabiat ko‘rinishlari
haqidagi tasavvurlari kengayadi, tabiatga bo‘lgan
mehrlari oshadi, inson va tabiat bilan
bog‘liqlikni tushunadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: AKT slaydlar, mavzuga oid rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Tabiat hodisalari, ko‘rinishlari haqida suhbat.
2. AKT orqali slaydlar tomosha qilish.
3. Mavzuga oid savol-javoblar.
4. Kartochkalar bilan ishlash.
Qo‘shimcha: «Tabiatdagi tovushlar» o‘yinini
taklif etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |