Январь ойи


Qo‘shimcha: bolalarning tayyor ishlaridan umumiy sport majmuasini yasash E’tiborga molik jihati


Download 6.53 Mb.
bet86/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Qo‘shimcha: bolalarning tayyor ishlaridan umumiy sport majmuasini yasash
E’tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatni
rivojlantirish, sport bilan shug‘ullanishga
qiziqishni oshirish.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi
«Rasmda qanday sport turi tasvirlangan?»
ta’limiy o‘yini
Maqsad: bolalar rasmni tasvirlashda gap tuzish
ko‘nikmasnmi hosil qiladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: sport
turlari, musobaqalariga illyustratsiyalar, sport
atributlari (raketka, koptok, ko‘zoynak, qalpoqcha, to‘r, qalqon).
Faoliyatning borishi:
1. Sport to‘g‘risidagi illyustratsiyalarni
ko‘rib chiqish.
2. Illyustratsiyalarni taqsimlash.
3. Bolalar bir-biriga rasmda qaysi sport
turi tasvirlanganligini ta’riflaydilar.
4. Taklif qilingan sport atributlaridan
ushbu sport turiga mos keladiganini tanlab,
qo‘llanishi yuzasidan ma’lumot oladilar.
Qo‘shimcha: jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi albomni tomosha qilish, AKT
E’tiborga molik jihati: boshqa bolalarning
fikrini tinglash, o‘z fikrini ifodalash.
Fan va tabiat markazi
Rangli muz yasaymiz
Maqsad: bolalar qor, muz, suvning xossalari
haqida oddiy tushunchalarga ega bo‘ladilar,
topshiriqni bajarishga ijodiy yondashadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: muz, muz
erishiga mo‘ljallangan idish, bo‘yoqlar, muzlatish
uchun shakllar, rangli muzdan hosil qilinadigan
haykallar haqidagi slaydlar.
Faoliyatning borishi:
1. Muz parchalarini ushlab ko‘rish, ularni
o‘ynash, muz xossalarini eslab ko‘rishni taklif
qilish.
2. Turli shakllardagi rangli muz yasashni
taklif qilish.
3. Umumiy patnisda rangli muz
parchalaridan naqshlar yasash.
4. Naqshning erishi, bo‘yoqlarning aralashib
ketishi jarayonini kuzatish.
Qo‘shimcha: bolalarga muzdan yasalgan haykallarni tomosha qilishni taklif etish.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling