Yengil atletika va uni


 Estafetali yugurish texnikasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

4.2. Estafetali yugurish texnikasi
Estafetali yugurish tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otadi. 
Yengil atletikada estafetali yugurishning quyidagi turlari ajratiladi:
- stadionda o‘tkaziladigan estafetali yugurish. Bu yerga 4x100 m, 
4x400 m musobaqalar kiradi, ular klassik turlar hisoblanadi
- har qanday masofalarga va har qanday miqdordagi bosqichlar 
bilan estafetalar, shuningdek,, - shved estafetalari, masalan, 
800+400+200+100 (yoki teskari tartibda); 
- stadiondan tashqarida, masalan, shahar ko‘chalarida o‘tkaziladigan 
estafetalar. Ular uzunligi va bosqichlar miqdori, qatnashchilari har xil 
bo‘lishi bilan ajralib turadi (faqat erkaklar yoki aralash, ya’ni erkaklar 
ham, ayollar ham yugurishlari mumkin).
Oqilona texnika, maxsus mashg‘ulot metodikasi, sportchilarni 
saralash tizimi va psixologik tayyorgarlik – buning hammasi yax shi 
estafeta jamoasini yaratish uchun asosiy mezon hisoblanadi. Esta-
fetalarda masofa bo‘ylab yugurish texnikasi tegishli turlarning yugu-
rish texnikasidan farq qilmaydi. Estafetali yugurish texnikasining 
o‘ziga xos xususiyati – estafeta turiga mos holda estafeta tayoqchasini 
yuqori tezlikda uzatish texnikasidir. 
Estafeta jamoasining yaxshi natija ko‘rsatishida quyidagi omillar 
muhim sanaladi:
- sportchilarning tegishli masofalardagi individual ko‘rsatkichlari;
- estafetali tayoqchasini ishonchli uzatish;
- jamoadagi sheriklarning muvofiq harakatlari;
- yagona jamoaning yaxlitligi.
Estafetali yugurish musobaqa qoidalariga muvofiq tayoqchani 20 
m uzunlikdagi yo‘lakda uzatish kerak. 4x100 m ga yugurishda II
III va IV bosqichlar yuguruvchilariga yo‘lak boshidan boshlab 10 m 
atrofida qo‘shimcha yugurish beriladi, bu estafetali tayoqchasini berish 
joyigacha yuqori tezlik olishga imkon beradi. Sportchilar yugurish va 
tayoqchani uzatish zonalarini e’tiborga olgan holda I bosqichda 110 
m ni, II bosqichda – 130 m, III da – 130 m, IV da – 120 m masofani 
bosib o‘tadilar. Shuning uchun jamoa a’zolarini bosqichlar bo‘yicha 
joylashtirayotganda ularning individual xususiyatlarini e’tiborga olish 


136
zarur. 4x400 m ga estafetali yugurishda va boshqa hamma estafetalarda 
qo‘shimcha yugurish berilmaydi va ishtirokchilar 20 metrli yo‘lakda 
turgan holatlarida start oladilar. Bu estafetalarda yugurish tezligi 
pastroq va shu sababli qo‘shimcha yugurish berilmaydi. 
Estafetali yugurish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 1) 
estafetali tayoqchasini biror joyga solib qo‘ymasdan; 2) estafetali 
tayoqchasini biror joyga solib qo‘yib. Odatda birinchi usul qisqa 
masofaga estafetalarda sodir bo‘ladi, ikkinchi usul qolgan barcha 
estafetalarda foydalaniladi.
3,8-4,00 sm
28-30 sm

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling