Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Start chizig‘i 13-rasm.
12-rasm. Estafeta tayoqchasi
Tayoqchaning samarali uzatilishini ta’minlash maqsadida yugu- ruvchilar estafeta tayoqchasini qabul qilib olishda start yugurishini aniq va o‘z vaqtida boshlashlari uchun makonni his qilishlari, shuningdek,, estafetani uzatishda tayoqchani berish zonasida mumkin bo‘l gan maksimal tezlikni saqlab qolish, qabul qilib olishda esa uzatish zonasining 15-metrida yugurish tezligini maksimal tez va barqaror tarzda oshirish uchun tezlikni his qilish sezgilariga ega bo‘lishlari juda muhim. Estafeta tayoqchasining yo‘lakda (koridorda) bo‘lgan vaqti uni uzatish texnikasi samaradorligi mezoni bo‘lib hisoblanadi. Yuqori malakali sportchilar uchun bu ko‘rsatkichlar erkaklarda o‘rtacha 1,80- 1,90 s ni va ayollarda 2,05-2,15 s ni tashkil etadi. Sportchilar uzatish zonasini 15-16-chi metrlarida eng yuqori tezlikka erishadilar. Estafeda tayoqchasini uzatish texnikasi nooqilona bajarilgan bosqichida vaqt yo‘qotish o‘rtacha 0,1-0,3 s ni tashkil qiladi. 4x100 m ga estafetali yugurish texnikasini ko‘rib chiqamiz. I bosqichda yuguruvchi past startdan turib 200 m ga yugurishdagi singari aylana yo‘lga start oladi. Estafeta tayoqchasi o‘ng qo‘lning uchta barmog‘ida ushlanadi, ko‘rsatkich va bosh barmoqlar tekislangan va start chizig‘i yonida yo‘lkaga tayanib turadi (13-rasm). 137 I bosqichda yuguruvchi yo‘lka ketidan yugurish uchun u tayoqchani har doim o‘ng qo‘lida tutib turishi, o‘z sherigining esa chap qo‘liga uzatishi kerak. Masofa bo‘ylab yugurish maksimal tezlik bilan amalga oshiriladi. Qiyinligi shundaki, estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda chegaralangan zonada uzatish lozim. Start chizig‘i 13-rasm. Pastki startda estafeta tayoqchasini ushlash Estafeta tayoqchasini uzatishning ikki xil usuli mavjud: pastdan- yuqoriga va yuqoridan-pastga. Birinchi usulda estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi qo‘lini (tayoqchani uzatayotgan yuguruvchining qo‘liga qarama-qarshi bo‘lgan qo‘lini) orqaga bir oz yon tomonga uzatadi, bosh barmoq kaft yuzasi tomoniga uzatiladi, to‘rtta barmoq qisilgan, kaft to‘g‘ri orqaga qaratiladi. Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini pastdan yuqoriga harakat qilib bosh barmoq va kaft orasiga qo‘yadi. Estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi tayoqchaning tegishini his qilgan zahoti uni ushlab, panjasiga qisib oladi (14- rasm). Ikkinchi usulda ham qo‘l orqaga bir oz yon tomonga uzatiladi, lekin kaft yuzasi yuqoriga qarab turadi. Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini yuqoridan-pastga harakat qilish bilan uni kaftga qo‘yadi. Tayoqcha qabul qilib olayotgan yuguruvchining qo‘liga tegishi bilan u tayoqchani ushalab, panjasini qisib oladi (15-rasm). Estafeta topshirayotgan yuguruvchi nazorat chizig‘iga etib kelgan paytda qabul qilib olayotgan yuguruvchi start tezlanishini boshlaydi. 138 Estafeta uzatish zonasiga yugurib kirgan holda ikkala yuguruvchi yaqinlashadi, birinchisi ikkinchisiga etib oladi, tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi 2 ta yugurish qadamida qabul qilib olayotgan yuguruvchi estafetani uzatish maqsadida qo‘lini tekislab, orqaga uzatishi uchun ovoz chiqarib qisqa buyruq berishi kerak. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling