Yengil atletika va uni


-rasm. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi yuguruvchining holati 18-rasm


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

17-rasm. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi yuguruvchining holati
18-rasm. Estafeta tayoqchasini uzatish va qabul qilishda 
yuguruvchilar oralig‘idagi masofa
Boshqa estafeta turlarida, lekin estafeta tayoqchasini maksimalga 
nisbatan kichikroq tezlik bilan uzatiladigan estafetalarda xuddi 
shunday usulda uzatish usuli qo‘llaniladi, biroq estafeta tayoqchasini 
qabul qilib olgan yuguruvchi masofada yugurish paytida uni o‘zi 
1,5 m


141
uchun qulay bo‘lgan qo‘liga o‘tkazib olishi mumkin. Amalga oshi-
riladigan uzatish tezligi qancha kam bo‘lsa, sportchi tayyorgarligi 
shun cha yomon hisoblanadi. Estafeta tayoqchasini uzatishda asosiy 
vazifa – tayoqchani uzatishni o‘ziga vaqt yo‘qotmasdan imkon qadar 
uni tezroq berishdan iborat.
Uzatish paytida yuguruvchilar orasidagi masofa estafetani qabul 
qilib olayotgan yuguruvchining orqaga uzatilgan qo‘li uzunligiga 
va estafetani uzatayotgan yuguruvchining oldinga cho‘zilgan qo‘li 
uzunligiga teng bo‘ladi. Bu masofa estafeta tayoqchasini uzatayotgan 
yuguruvchining uzatish paytida oldinga egilishi hisobiga bir oz 
oshishi mumkin (18-rasm). Tegishli yugurish tezligida estafetani 
uzatish texnikasi oqilona qo‘llanilganda shunday masofani ushlab 
turish mumkin bo‘ladi. Agar masofa qisqarsa, uzatayotgan yuguruvchi 
qabul qilayotgan yuguruvchidan o‘zib ketishi mumkin va, aksincha, 
yuguruvchilar o‘rtasidagi masofa ortib ketsa, tayoqchani uzatish 
amalga oshirilmay qolishi mumkin va u yo‘lak tashqarisida bajariladi.
4.3Estafetali yugurish texnikasiga o‘rgatish uslubiyati
Qisqa masofaga yugurish texnikasini o‘rgangandan so‘ng estafetali 
yugurish texnikasini o‘rganishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
O‘rgatish uslubiyatining asosiy vazifasi yuqori tezlikda yugurib 
kelayotganda estafeta tayoqchasini aniq uzatish va qabul qilishni 
bildirishdan iborat. Quyida estafetali yugurish texnikasini o‘rganish 
uslubiyati tartibi, vazifalari, ularni hal etish uchun vositalar va uslubiy 
ko‘rsatmalar berilgan.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling