144
4-vazifa. 20 metrlik zona ichida maksimal tezlikda tayoqchani
uzatishga erishish.
Vositalari:
1. Zonada estafeta tayoqchasini maksimal tezlikda berish.
2. Ikki va undan ko‘proq jamoalar to‘liq
masofada estafetali yugu-
rish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Tayoqchani uzatish har xil tezlikdagi
yugu
rishda takomillashtiriladi. Takomillashtirish, juft-juft bo‘lib,
keyin hamma 4 yuguruvchi birgalikda bajarish bilan
amalga oshiriladi
(22-rasm).
22-rasm Yo‘lakchada tezlik olish va estafeta tayoqchasini uzatish
joyining yuqoridan ko‘rinishi
5-vazifa. Estafetali yugurish
texnikasini takomillatiish
Vositalari:
1. Maksimal tezlikda 20 metrli zonada estafeta tayoqchasini uzatish.
2. Har xil etapda shaxsiy belgilarni qo‘yish.
3. To‘liq masofa bo‘ylab musobaqa qoidasiga rioya qilib yugurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Estafeta tayoqchasini uzatgan yuguruvchi
tezligini pasaytirib o‘z yo‘lkasida qolish shart.
145
4.4. Estafetali yuguruvchilarning maxsus mashqlari
Estafetali yuguruvchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy
va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. Hozir-
gi kunga kеlib jahon arenalarida
raqobatning kuchayishi, barcha
murabbiy, o‘qituvchi, sportchilar oldiga
yanada yangi usullarni
mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etishni talab etmoqda. Ma’lum
estafetali yuguruvchilar uchun ham maxsus mashqlar ahamiyati juda
katta.
Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi ha ra-
kat chanlikni, egiluvchanlikni, harakat tеzligini va chidamlilikni rivoj-
lantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: