152
suv kanallarining yonlarida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
1-vazifa. Kross yugurish bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. To‘siqlardan o‘tish texnikasini ko‘rsatish,
kinogramma va kino-
film larni ko‘rsatish.
2. Yugurishni qisqacha tarixi, O‘zbekiston, Osiyo, Jahon rekordlari
va chempionlar bilan tanishtirish.
3. Klassifikatsiya bo‘yicha talab va me’yorlari bilan tanishtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Yuqori malakali sportchi va o‘qituvchi
tomonidan texnikani ko‘rsatish. Talabalarga uyga vazifalar berish.
Kross yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyatini daftarga yozib kelish.
2-vazifa. Gorizontal to‘siqlardan o‘tish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari:
1. Gorizontal to‘siqlardan o‘tish texnikasini tushuntirish.
2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash joyiga
sakrab tushish va yugu-
rishni davom ettirish.
3. Yugurib kelib ko‘lmak joylardan va gorizontal to‘siqlardan
o‘tish.
4. Shuning o‘zi faqat har xil masofalardagi bir nechta to‘siqlardan
yugu rib o‘tish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Avval yakka holda, so‘ng
juft va guruh-
guruh bo‘lib to‘siqlardan o‘tish.
3-vazifa. Vertikal to‘siqlardan o‘tib yugurish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari:
1. Vertikal to‘siqlardan o‘tishni tayangan va tayanmagan holda
o‘tish usulini tushuntirish.
2. Qisqa masofadan yugurib kelib qo‘l
va oyoqlarga tayangan hol-
da o‘tish.
3. To‘siqlarni bosib o‘tishda, to‘siqlar osha yuguruvchilarning qo‘l
harakati va oyoq qadamlari bilan o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: