Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV – BOB. ESTAFETALI YUGURISH 4.1. Estafetali yugurishning rivojlanishi
Tayanch iboralar.
1. Yugurish. 2. Stadion. 3. O‘rta masofa. 4. Uzoq masofa. 5. Gipiy. 6. Olimpiada. 7. Start. 8. Start tezlanishi. O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar: 1. Tekis yugurishning nechta turi bor? 2. O‘rta masofalarga yugurish masofasi qancha? 3. Olimpiada dasturiga o‘rta masofalarga yugurishning qaysi masofalari kiritilgan? 4. 800 va 1500 m masofalarga yugurish qanday yugurishga kiradi? 5. Uzoq masofalarga yugurish masofasi qancha? 132 6. Olimpiada dasturiga uzoq masofalarga yugurishning qaysi masofalari kiritilgan? 7. 3000 va 10000 m masofalarga yugurish qanday yugurishga kira- di? 8. O‘zbekistonda o‘rta va uzoq masofaga yugurish qachon rivoj- langan? 9. Ilk bor kimlar o‘rtasida yengil atletika to‘garaklari tuzilgan? 10. Ushbu to‘garaklarga kimlar a’zo bo‘lgan? 11. Ushbu to‘garaklarga kim rahbarlik qilgan? 12. Yengil atletika sport turlarini ommaviy rivojlantirishga e’tibor qachondan qaratilgan? 13. Toshkent shahrida I O‘rta Osiyo Olimpiadasi qachon o‘tka- zilgan? 133 IV – BOB. ESTAFETALI YUGURISH 4.1. Estafetali yugurishning rivojlanishi Estafetali yugurish – bu engil atletikaning jamoaviy turi hisoblanib, emotsional jihatlari va tomoshabopligi darajasi bo‘yicha yengil atletikaning boshqa qolgan turlaridan sezilarli darajada ustunlikka ega hisoblanadi. Estafetali yugurish stadionda va undan tashqarida amalga oshiriladi. Estafetada asosiysi – yugurish vaqtida jamoa ishtirokchilarining navbat bilan, belgilangan qoida bo‘yicha musobaqa masofasini bosib o‘tishlari va ajratilgan 20 metrlik masofa doirasida bir – biriga estafeta tayoqchasini uzatishlari bilan belgilanadi. Estafetali yugurish yengil atletika musobaqasi turi sifatida XI-X asrda ommalasha boshlagan. Dastlab estafetali yugurish IV Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan (London shahri, 1908-yil). Bu musobaqada estafetali yugurish musobaqalari 200 + 200 + 400 + 800 metr masofada amalga oshirilgan. Estafetali yugurish bo‘yicha musobaqalarda dastlabki g‘oliblar AQSh sportchilari hisoblanib, ular tomonidan 3.29,4 s natija qayd qilingan, ikkinchi o‘rinni Germaniya jamoasi, uchinchi o‘rinni esa – Vengriya jamoasi egallagan. Navbatdagi Olimpia o‘yinlarida (Stokgolm shahri, 1912-yil) sportchilar ikkita estafeta masofalari bo‘yicha bellashishgan – jumladan, 4×100 metr va 4×400 metr. Bu musobaqalarda masofalarga mos holatda Angliya (42,4 s) va AQSh (3.16,6 s) jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. XXVIII Olimpia o‘yinlarida 4 × 100 metr masofada estafeta musobaqalarida oltin medallar angliyalik sportchilarga nasib qilgan (38,07 s), 4×400 metr masofa bo‘yicha esa g‘oliblik amerikalik sportchilar tomonidan qayd qilingan (2.55,91 s). Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada yamaykalik (Nesta Karter, Maykl Freyter, Yoxan Bleyk va Useyn Bolt)larga tegishli bo‘lib, 2012-yil, 36,84 s natija qayd etgan bo‘lsa, 4x400 metr masofa bo‘yicha Amerikalik (Endryu Valmon, Kuinsi Uotts, Bats Reynolds va Maykl Djonson) 1998-yil, 2.54,20 s, natijani qayd etib, dunyo rekodini o‘z qo‘llarida saqlab kelmoqdalar. 134 Ayollar o‘rtasida dastlabki Olimpia o‘yinlari medallari IX Olim- pia o‘yinlarida (Amsterdam shahri, 1928-yil) qo‘lga kiritilgan. Bunda ushbu musobaqalar dasturi tarkibiga 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha bellashuv kiritilgan. Bu sport turi yo‘nalishida birinchi o‘rinni kanadalik ayol sportchilar egallashgan (ular tomonidan ko‘rsatilgan natija – 48,4 s ga teng hisoblanadi), shuningdek, ikkinchi o‘rinni AQShlik sportchi ayollar band etishgan (48,8 s). Ayollar o‘rtasida 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha bellashuvlar yirik musobaqalar dasturi tarkibiga faqat 1969-yildan boshlab kiritila boshlangan. Bu sport turi bo‘yicha dastlabki rasmiy rekord natija angliyalik sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan (3.30,8 s). 4×100 metr va 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha navbatdagi rekord natijalar ko‘p marta takroriylikda yaxshilangan bo‘lib, bu natijalar ko‘pincha holatlarda Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi va AQShlik sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan. Hozirgi vaqtda 4×100 metr masofada estafetali yugurish musobaqalari rekord vaqti 41,37 s ga teng bo‘lib, bu natija Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi sportchilariga tegishli hisoblanadi (Kanberra shahri, 1985-yil), 4×400 metr masofada estafetali yugurish musobaqalari rekord vaqti esa – 3.15,17 s teng bo‘lib, bu natija Sobiq Ittifoq ayollar terma jamoasi tomonidan ko‘rsatilgan (Seul shahri, 1988- yil). XXVIII Olimpia o‘yinlarida (Afina shahri, 2004-yil) 4×100 metr masofada estafetali yugurish musobaqalarida 41,73 s vaqt natijasini ko‘rsatgan Yamayka terma jamoasi birinchi o‘rinni egallagan, 4×400 metr masofada estafetali yugurish musobaqalarida esa – AQSh terma jamoasi 3.19,01 s natija ko‘rsatgan va birinchilikni egallagan. Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada AQShlik (Karmelita D, Tiana M, Bayanka N, Ellison F)larga tegishli bo‘lib, 2012-yil, 40,82 s natija qayd etgan bo‘lsa, 4x400 metr masofa bo‘yicha SSSRlik (Tatyana L, Olga N, Mariya P, Olga B) 1988-yil, 3:15,17 s natijani qayd etib dunyo rekordini o‘z qo‘llarida saqlab kelmoqdalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling