Yengil atletika va uni


Yadroni sapchimasdan va burilmasdan irg‘itishda uchib


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Yadroni sapchimasdan va burilmasdan irg‘itishda uchib 
chiqish burchaklariga bog‘liq holda, yadroga ta’sir qilish hamda 
qarshilik kuchini e’tiborga olmagan holda uning uchib chiqish 
uzoqligi (m da) (yadroni chiqarib yuborish balandligi – 2, 3 m) 
Uchib chiqish burchagi 
(grad-da)
Yadroning uchib chiqish tezligi (m/s)
11
12
12,6
13
13,5
16
36
14,32 16,11 17,83 19,09 20,40 21,74
40
14,44 16,60 18,05 19,35 20,70 22,08
42
14,43 16,80 18,07 19,38 20,74 22,15
44
14,36 10,74 18,01 19,32 20,70 22,10
48
14,00 10,43 17,08 18,99 20,34 21,73


447
88-rasm. Uloqtirishda snaryadni harakat tezligini hosil qilish
Malakali sportchilarda yengil atletikaning klassik uloqtirish turlari 
bo‘yicha boshlang‘ich tezligi o‘rtacha kattaliklari (erkaklar va ayollar 
uchun umumiy) jadvalda keltirilgan. 
Snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi zarb bilan yugurib 
kelish hamda yakunlovchi kuchlanish bosqichlarida erishilgan tezliklar 
yig‘indisini hosil qilish natijasida o‘zining maksimal kattaligiga 
ega bo‘ladi. Jadvalda qo‘llanayotgan uloqtirishlar turi tuzilishiga 
qarab uchib chiqish tezligiga erishishning turli yo‘llarini aks ettiradi. 
Yakunlovchi kuchlanishda tezlikning eng yuqori o‘sishi yadro itqitish 
(85%) va nayza uloqtirish (80%) chog‘ida amalga oshiriladi. Bosqon 
uloqtirishda snaryadning boshlang‘ich tezligiga (85%) zarb bilan 
yugurib kelish eng asosiy “hissa qo‘shadi” (snaryadning dastlab 
aylantirilishi va burilishlarni bajarish yo‘li bilan). Disk uloqtirishda 
zarb bilan yugurib kelish va yakunlovchi kuchlanishning tezlikni 
oshirishdagi ahamiyati deyarli bir xil. 
Harakatning asosiy bosqichlari oxirida snaryadga tezlik berish 
ko‘rsatkichlari nisbati yadroda quyidagicha (snaryadning boshlang‘ich 
uchib chiqish tezligining 100% idan): 
-zarb bilan yugurib kelish, 15%; 
-yakunlovchi kuchlanish, 85%.
Snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi uning tezlik olish 


448
jarayonidagi harakatlanish yo‘li kattaligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aloqador. Bosqon zarb bilan yugurib kelish paytida ham (uchta 
burilishdan uloqtirganda 60 m dan ziyod, to‘rt burilishdan uloqtirganda 
72 m dan ziyod), yakunlovchi kuchlanishda ham (6 m dan ortiq) eng 
uzoq yo‘lni bosib o‘tadi. Eng qisqa yo‘l – yadroniki, chunki uning 
irg‘ib yugurib kelish paytidagi o‘rtacha yo‘li uzunligi 1,20 m ga, 
burilish bilan yugurib kelishda – 2,30 m ga teng, final kuchlanishda 
esa 1,70 m chegarasida bo‘ladi (jadval). 
Snaryadning tezlik olish vaqti uning uchib chiqish vaqtidagi 
boshlang‘ich tezligiga teskari nisbatda, ya’ni vaqtning qisqarishi 
tezlikning ortishiga olib keladi. 
Snaryadning uchish uzoqligiga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir omil 
uchib chiqish burchagi sanaladi. Snaryadning uchib chiqish burchagi 
tezlik vektori (yo‘nalishi bo‘yicha snaryadning uchib chiqish 
lahzasidagi parvoz trayektoriyasiga urinma) bilan gorizontal chiziq 
orasidagi burchak sifatida belgilanadi. Uloqtirishlarning deyarli 
barcha turlarida uchib chiqish burchagi har doim nazariy jihatdan 
samaraliroq bo‘lgan 45

ga teng burchakdan kichikroq bo‘ladi. Uchib 
chiqish burchagining optimal kattaliklargacha kichrayishi snaryadning 
aerodinamik xususiyatlari (disk, nayza), havo muhitining qarshiligi, 
snaryadning qo‘ldan uchib chiqish balandligi hamda uloqtirish 
chog‘ida sportchining asosiy mushak guruhlaridan eng unumli 
foydalanishi yuz beradigan sharoitlar bilan bog‘liq. Uchib chiqish 
burchaklarining o‘rtacha qiymatlari 12-jadvalda berilgan.
12-jadval

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling